Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi
Ushbu kitob charm-poyabzal va matbaa ishlab chiqarish korxonalarida buxgalteriya hisobining oʻziga xos xususiyatlarini yoritadi. Unda asosiy vositalar, materiallar, pul mablagʻlari, tayyor mahsulotlar, moliyaviy natijalar, xususiylashtirish operatsiyalari, mehnat va ish haqi hisobi kabi mavzular batafsil koʻrib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Asosiy vositalarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari: Asosiy vositalar va ularni hisobga olishning asosiy vazifalari, turkumlarga ajratish va baholash tartibi, qabul qilish va hujjatlashtirish, sintetik hisobini tashkil qilish, foydalanish hisobi, amortizatsiya hisoblashning tartibi va usullari, ta'mirlash xarajatlarini hisobga olish va moliyalashtirish tartibi, xoʻjalikdan chiqarish hisobi.
- Materiallarni hisobga olishning o'ziga xos xususiyatlari: Materiallarni hisobga olishning vazifalari va tasniflanishi, tashkil etish, joriy hisobda ularni tannarxini hisoblash hamda baholash, harakatini hujjatlashtirish, ombordagi hisobi va buxgalteriyada rasmiylashtirish tartibi, sintetik hisobi, kelib tushishi hisobi. Mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar, buxgalteriyada harakatini hisobi, transport-tayyorlov xarajatlarini hisobi, inventarlash.
- Pul mablag'lari va hisob-kitob hisobining o'ziga xos xususiyatlari: Pul mablag'lari va hisob-kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari, kassa muomalalarini hisobga olish, schyoti bo'yicha muomalalarni hisobga olish, valyuta schyoti bo'yicha amalga oshirilgan muomalalarni hisobga olish, hisobdor shaxslar bilan bo'ladigan hisob-kitoblar hisobi, boshqa hisob-kitob muomalalarini hisobga olish, debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish, bank kreditlari va qarzga olingan mablag'larni hisobga olish.
- Tayyor mahsulot va ularni realizatsiyasi hisobga olishning o'ziga xos xususiyatlari: Charm-poyabzal va matbaa ishlab chiqarish korxonalarini tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar va ularning ahamiyati. Tayyor mahsulotlarni sotish, bajarilgan ishlarni topshirish va xizmat ko'rsatish jarayoni. Tayyor mahsulotlarni baholash va ularning nomenklaturasi. Tayyor mahsulotlarning harakatini – jo'natish va sotish jarayonini hujjatlashtirish. Tayyor mahsulotlarni qabul qilishda omborxona hisobini yuritish. Tayyor mahsulotlarni jo'natish, sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko'rsatishning analitik hisobi. Ishlab chiqarishdan tashqari – sotish sarflarini hisobga olish. Tayyor mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko'rsatishning sintetik hisobi.
- Oʻzini mablagʻi kreditlar va moliyaviy natijalarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari: Charm-poyabzal va matbaa ishlab chiqarish korxonalarining xususiy kapitali, uning ahamiyati va tarkibi. Ustav kapitali va uni hisobga olish. Qo'shilgan kapitalning tarkibi va uning hisobi. Zahira kapitali, uning yaratilishi va hisobining yuritilishi. Xususiy aksiyalarining sotib olishining hisobini yuritish. Charm-poyabzal va matbaa ishlab chiqarish korxonalarining olgan foydasi, uning ahmiyati va kelish yo'llari.
- Xususiylashtirish operatsiyalarini hisobga olishning o'ziga xos xususiyatlari: Ustav kapitalini shakllanishining umumiy nizomi. Ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlarida aktsiyalarni hisobga olish. Xususiylashtirilgan korxonalarga egalik qilish xarajatlarini hisobga olish. Ijara korxonalarini xususiylashtirishni hisobga olishni o'ziga xos xususiyatlari. Xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan hissadorlik jamiyatlarini faoliyatini hisobda aks ettirish turlari.
- Mehnat va ish haqini hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari: Charm-poyabzal va matbaa ishlab chiqarish korxonalarida mehnat va unga haq to'lashning ahamiyati va hisobining vazifalari. Charm-poyabzal va matbaa ishlab chiqarish korxonalarida xodimlarini turkumlashtirish va ularning shaxsiy tarkibi. Ish vaqtidan foydalanishni hujjatlashtirish va hisobga olish. Mehnat va unga haq to'lashni tashkil qilish, mehnatga haq to'lashning shakllari va tizimi. Vaqtbay va ishbay shaklida mehnat haqini hisoblash tartibi. Qo'shimcha va ustama mehnat haqlarini hisoblash tartibi. Bekor turish vaqtiga haq hisoblash va uni hujjatlashtirish. Mehnatga layoqatsiz vaqtiga haq hisoblash va uni hujjatlashtirish. Hisoblangan mehnat haqidan har xil ushlama va chegirmalar. Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishni tashkil qilish. Mehnat haqi jamgarmasining tarkibi va ijtimoiy xususiyatdagi to'lovlar. Mehnat va unga haq to'lashning sintetik hisobi va xodimlar bilan hisoblashish. Mehnat resurslari va mehnat haqi jamgarmasidan foydalanishni nazorat qilish.
- Hisobotlarini tuzishni o'ziga xos xususiyatlari: Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi. Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati. Asosiy vositalar harakati to'g'risidagi hisobotni tuzish. Pul oqimi to'g'risidagi hisobotni tuzish va uni to'ldirish. Xususiy kapital to'g'risidagi hisobotni tuzish.