Эндодонтия ҳақида тушунча

Ushbu kitob endodontiya sohasida darslik bo'lib, tishlarning ichki tuzilishi, ildiz kanallarini davolash usullari, asboblar va materiallar haqida to'liq ma'lumot beradi. Kitobda tishlarning anatomiyasi, ildiz kanallarining tuzilishi, endodontik asboblar va ularni ishlatish texnikasi, ildiz kanallarini tozalash va shakllantirish usullari, plomba materiallari va texnikalari, shuningdek, endodontik davolashdagi xatolar va asoratlar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Endodontiya: Endodontiya tushunchasi, vazifalari va ahamiyati. Ildiz kanallarining tuzilishi va tish anatomiyasi. Tish bo'shlig'i va uning qismlari
  • Endodontik asboblar: Endodontik asboblar klassifikatsiyasi, ularning tavsifi va ishlatish texnikasi. Ildiz chuqurligini aniqlaydigan ignalar, pulpa ekstraktorlar, kanal buravlari, rashpilllar, razvyortkalar, kanal to'ldirgichlar va shtopferlar
  • Ildiz kanalini tozalash va shakllantirish: Ildiz kanalini tozalash va shakllantirish maqsadlari va usullari. Pulpani olib tashlash, infektirlangan dentinni tozalash, kanalga shakl berish. Kimyoviy ishlov berish va irrigatsiya. EDTA, natriy gipoxlorit va boshqa irrigatsion eritmalar
  • Ildiz kanalini plombalash: Plombalash materiallariga qo'yiladigan talablar. Plombalash usullari: gutta-percha, kumush shtiftlar, plastmassali shtiftlar va boshqalar. Vertikal kondensatsiya, lateral kondensatsiya, termofil va boshqa usullar
  • Endodontik davolashdagi xatolar va asoratlar: Noto'g'ri tashxis qo'yish, asboblarning sinishi, kanalni perforatsiya qilish, yetarli darajada tozalay olmaslik, noto'g'ri plombalash va boshqa xatolar
  • Ildiz kanalari orqali davolash: Asboblar va moddalar,kanalni bosqichma-bosqich tozalash va kengaytirish,dorilarni tanlash(antiseptiklar,antibakteriallar), plombelash materiallarini tanlash,davolash jarayoni ketma-ketligi va olib borilish qoidalari