Temuriylar davri me’morchiligi

Ushbu kurs ishi O'zbekiston tarixidagi Temuriylar davri me'morchiligiga bag'ishlangan. Unda Temuriylar sulolasining madaniyat va san'atga qo'shgan hissasi,Shahrisabz va Samarqand shaharlaridagi me'moriy obidalar batafsil yoritilgan. Shuningdek, Amir Temurning shaharsozlik sohasidagi faoliyati va uning bunyodkorlik loyihalari tahlil qilingan.

Asosiy mavzular

  • Temuriylar sulolasi davrida madaniyat va san'at: Temuriylar davrida O'rta Sharq madaniyati va san'ati gullab yashnagan, ayniqsa me'morchilik rivojlangan. Me'morlik san'ati qurilish ishlari bilan bog'liq bo'lgan san'atning bir turi sifatida jamiyat moddiy madaniyatining bir qismi hisoblanadi.
  • Shahrisabz me'moriy obidalari: Shahrisabz - Amir Temurning kindik qoni tomgan joyi bo'lib,bu shaharda Temurbek tomonidan bunyod etilgan ko'plab me'moriy obidalar mavjud.Dorut Tilovat majmuasi,Oqsaroy shular jumlasidandir. Oqsaroyning qurilishi 1380 yillarda boshlangan bo'lib, Temuriylar davri me'morchiligining eng go'zal namunalaridan biridir.
  • Samarqand me'moriy obidalari: Samarqand - Amir Temur davlatining poytaxti bo'lgan. Amir Temur shaxarni obod qilish uchun katta e'tibor qaratgan. Shaharda ko'plab qurilish ishlari olib borilgan, hashamatli va go'zal binolar vujudga kelgan. Registon ansambli, Bibi Xonim masjidi, Amir Temur maqbarasi shular jumlasidandir.