Nazariy mexanika

Ushbu kitob "Nazariy mexanika" fanidan mustaqil ishlarni bajarishga oid uslubiy qo'llanma bo'lib, unda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish, texnikaga oid masalalarni yechish ko'nikmalarini shakllantirish maqsadida mustaqil ishlash uchun qo'llanma sifatida tuzilgan.

Asosiy mavzular

  • Tekislikdagi kuchlar sistemasi va fermalarni hisoblash usullari: Kuchlar sistemasi, ekvivalent kuchlar sistemasi, kuchning teng ta'sir etuvchisi, bog'lanishlar va bog'lanish reaksiyalari, ferma va tugun, yassi ferma, statik aniq va noaniq fermalar, tugunni kesish usuli, Maksvell-Kremon diagrammasi, Ritter usuli, statik aniq va noaniq masalalar.
  • Jismning sirpanish va dumalanishdagi ishqalanishini va bir tekislikda yotuvchi bir necha jismdan tashkil topgan sistemaning muvozanatini o'rganish: Ishqalanish kuchlari, tekis yoyilgan kuchlar va ularning teng ta'sir etuvchisi, tekislikda joylashgan kuchlar sistemasi ta'siridagi tekis mexanizmning muvozanati, biriktirilgan balkalardagi reaksiya kuchlarini aniqlash, birlashtirilgan ikkita jismdan tashkil topgan konstruksiyaning reaksiya kuchlarini aniqlash.
  • Nuqta kinematikasi va nuqtaning berilgan harakat tenglamasiga ko'ra tezligi, tezlanishini aniqlash: Burchakli koordinatalar sistemasida nuqtaning traektoriyasi va tezligi, nuqtaning urinma va normal tezlanishlari, harakat qonuni tabiiy usulda, nuqta harakatining vektori, tabiiy va koordinatalar usullari, harakat tenglamasi, tezlik va tezlanish.
  • Qattiq jismning tekis parallel harakati va yassi jismning kinematik analizi: Tekis shaklning burchak tezligi va burchak tezlanishi, tekis shakl nuqtasining tezligi va tezlanishi, erkin jism nuqtasining tezligi va tezlanishi, yassi mexanizmning kinematik analizi, tekis parallel harakatdagi qattiq jism nuqtalarining tezlik va tezlanishlarini aniqlash, tezliklar oniy markazi.
  • Nuqtaning murakkab harakatidagi absolyut tezligi, tezlanishini aniqlash: Nuqtaning nisbiy, ko'chirma va absolyut harakatlari, tezliklarini qo'shish, tezlanishlarini qo'shish, koriolis tezlanishi, Jukovskiy qoidasi, murakkab harakatdagi nuqtaning tezligi va tezlanishini aniqlash.
  • Erkin va o'zgaruvchi kuch ta'siri ostidagi nuqtaning differensial tenglamalari: Nuqta to'g'ri chiziqli harakatining differensial tenglamasi, moddiy nuqtaga ta'sir etuvchi kuchlar, muht qarshilik kuchini hisobga olgan holda moddiy nuqtaning majburiy tebranma harakati, o'zgaruvchi kuch ta'siri ostidagi moddiy nuqta harakat differensial tenglamasini integrallash.
  • Dinamikaning umumiy teoremalariga asosan, qattiq jism harakatini tekshirish: Qattiq jism va mexanik sistemaning kinetik energiyasi, kinetik energiyaning o'zgarishi haqidagi teorema, harakat miqdori, harakat miqdori momenti, sistemaning harakat miqdorining saqlanish qonuni.
  • Mumkin bo'lgan ko'chish prinsipi, dinamikaning umumiy tenglamasi va zarba nazariyasiga asosan qattiq jismning harakatini tekshirish: Zarba va zarba vaqti, impuls, harakat miqdorining o'zgarishi, kinetik momentning o'zgarishi, Kelvin teoremasi, zarbadagi tiklovchi koeffisiyenti, elastik zarba, sharlarning zarbadan oldingi va keyingi tezliklari.