Informatika va axborot texnologiyalari.
Ushbu qo'llanma Navoiy kon metallurgiya kombinati Navoiy Davlat konchilik instituti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, informatika va axborot texnologiyalari fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Qo'llanma turli mavzularni qamrab olgan bo'lib, talabalarga fanning asosiy tushunchalari va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish: Ushbu mavzu informatika fanining mohiyatini, axborotning jamiyatdagi o'rni, fanning predmeti va vazifalarini, shuningdek shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari va ulardan foydalanish qoidalarini ochib beradi. Axborot asri, EHM asri, axborotni qayta ishlash usullari, EHMlarning rivojlanish tarixi va ahamiyati kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- Dasturiy ta'minotning turkumlanishi: Mavzu dasturiy ta'minot turlari (tizimli, amaliy, instrumental va texnik xizmat ko'rsatish dasturlari) haqida ma'lumot beradi. Operatsion tizimlar, servis dasturlari, drayverlar va ularning vazifalari, shuningdek arxivlash vositalari batafsil tahlil qilinadi. Turli operatsion tizimlarning (MS DOS, OS/2, UNIX, Windows) xususiyatlari yoritiladi.
- Amaliyot tizimlarining vazifalari va turlari. Zamonaviy arxivlash vositalari: Mavzuda kompyuter programmalarining foydalanuvchi interfeysi, dasturiy ta'minotning darajalari, fayllarning arxivli nusxasini yaratish, arxivlovchi fayllar, PKZIP/PKUNZIP va ARJ programmalarini ko'rib chiqiladi. Arxivlash usullari va zamonaviy arxivatorlar (WinRAR va boshqalar) haqida ma'lumot beriladi. Viruslardan himoyalanish masalalari yoritiladi.
- Windows turkumidagi amaliyot tizimlari: Ushbu mavzu Windows operatsion tizimining asosiy xususiyatlari, ustunliklari va kamchiliklarini, Windows muhitida ishlashning asosiy tamoyillarini, jumladan, Windows 95, Windows 98 va Windows NT kabi versiyalarini qamrab oladi. Amaliy dasturlar bilan ishlash va sozlash usullari ko'rsatib o'tilgan. Amaliy dasturli ta'minotga (ADT) ham tushuntirish berilgan.
- MICROSOFT EXCEL da formula va funktsiyalar bilan ishlash: Mavzu Microsoft Excelda formulalar va funktsiyalar bilan ishlash, matematik, statistik va mantiqiy funktsiyalar, Excelda iqtisodiy masalalarni yechish kabi muhim jihatlarni o'rganadi. Diagrammalar va ularning elementlari, diagrammalarni formatlash va turli diagramma turlari bo'yicha ma'lumotlar beriladi.
- Algortmlash asoslari: Algortmlash asoslari algoritmlarning asosiy xossalari tavsiflash usullari va ularning xossalari ta'kidlab o’tiladi.Dasturli tillar va ularning sinflanishi.masalalarni EHMda yechish bosqichlari. Masalani EHMda yechishning algoritmlash bosqichlari. Algoritm tushunchasi va unga misollar. Algoritmning asosiy xossalari. Algoritmni tavsiflash usullari. Dasturlash tillar va ularning sinflanishi.
- Paskal algoitmik tili va uning konstruksiyalari: Paskal algoitmik tili va uning konstruksiyalariga bag'ishlangan bo'lib, Kirish. Paskal algoritmik tili haqida boshlang'ich maʼlumotlar Tilning oddiy elementlari Paskal tilida ma'lumotlarning turlari Paskal tilidagi standart funktsiyalar, arifmetik va mantiqiy ifodalarini o’z ichiga oladi.
- Tilning bosharuvchi konstuktiyalari: Munosabat amallari va ularni kattaliklar orasidagi shartlar sifatida qo'llanilishi Shartli o'tish operatorlari Tanlash operatori CASE O'tish operatori tasvirlangan
- Paskal tilida protsedura konstruktsiyasi: Olingan ma'lumotlar: qism dastur haqida tushuncha, Funktsiya qism dasturi, protsedura qism dasturi. Tushunchalarni kengaytirish: Qism dasturlar , Yordamchi qism dasturlar bilan bo'linishi
- Ma'lumotlarning chegaralangan va qayd qilingan toifasi: Olingan ma'lumotlarga asosan toifalar haqida ma'lumotlar tasvirlangan, O'zini chegaralash va ro'yxatga olish. Tushunchalarni kengaytirish: massiv ko'rsatkichlari va ularga mos misollar aks etgan.