“O`zbеkiston tarixi” fanidan amaliy (sеminar) mashg`ulotlarni bajarish yuzasidan.
Ushbu kitob O'zbekiston tarixi fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan uslubiy qo'llanma bo'lib, 1-kurs talabalari uchun barcha yo'nalishlarni qamrab oladi. Qo'llanma mamlakat mustaqillikka erishgandan so'ng tarix fanining o'qitilishidagi yangi vazifalarni yoritadi va talabalarga vatan tarixini chuqurroq o'rganish orqali vatanni sevish va undan faxrlanish tuyg'ularini tarbiyalashga qaratilgan. Qo'llanmada seminar mashg'ulotlari uchun mavzular, rejalar va zarur adabiyotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- "Avesto" kitobi - O'zbekiston tarixini o'rganishda muhim manba: Qadimiy Xorazm "Avesto" vatani ekanligi, "Avesto"da zardushtiylik dini tamoyillari va qonun-qoidalari asoslab berilganligi, qadimgi ajdodlarning boshqaruv tizimi, ijtimoiy turmushi va madaniy hayotiga oid ma'lumotlar, "Avesto"ning Markaziy Osiyo va boshqa hududlarda tarqalishi va uning qadimgi xalqlar ma'naviy hayotiga ta'siri ko'rsatilgan.
- Vatanimiz hududida vujudga kelgan dastlabki davlatlar: Davlatchilik tushunchasi, Katta Xorazm va Baqtriya podsholiklari, Yunon-Baqtriya, Parfiya, Sug'diyona, Qang' va Davon davlatlari, Kushonlar saltanatining o'rni yoritilgan.
- O`zbek xalhining etnik shakllanishi: O'zbek xalqining etnik asosini tashkil etgan urug' qabilalar, elatlar, ularning ijtimoiy madaniy hayoti, etnik shakllanishining bosqichlari, O'zbekistonda xozirgi etnik jarayonlar haqida ma'lumot berilgan.
- Buyuk ipak yo`li: shakllanishi va rivojlanishi boshichlari: Buyuk ipak yo'lining shakllanishi, rivojlanishi, Vatanimiz xalqlarining xorijiy ellar bilan ijtimoiy va madaniy aloqalarining rivojlanishiga ta'siri, Amir Temur va Temuriylar davrida Buyuk Ipak yo'li shuhratining yanada ortishi, Hozirgi davrda Buyuk Ipak yo`li an'analarini tiklash va rivojlantirish borasidagi davlatlarning xalqaro hamkorlik harakatida O`zbekistonning faol ishtiroki ko'rsatilgan.
- Markaziy Osiyo xalqlarining IX-XII asrlar davri madaniyati: Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatining yuksalishiga ta'sir ko`rsatgan tarixiy shart-sharoitlar, ilm-fan ravnaqi, O`rta Osiyolik allomalar va ularning jahon sivilizatsiya hazinasiga qo`shgan hissasi, badiiy adabiyotning rivoj topishi, islom madaniyatining tarkib topishi haqida so'z boradi.
- Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi: Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi, Movorounnahr va Hurosonda markazlashgan o'zbek davlatchligini bunyod etilisnida Amir Temurning buyuk tarixiy xizmati, Amir Temur davlatining ichki va tashqi siyosati, Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi faoliyati yoritilgan.
- Temuriylar davri madaniyati: XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda Movarounnaxr va Xurosonda moddiy madaniyat ravnaqi, Temuriylar davrida ilm-fan, Ulug`bekning ilmiy maktabi, Xattotlik, tasviriy san'at va musiqa madaniyati, Badiiy adabiyot. Alisher Navoiy ijodiy merosi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Rossiya bosqini arafasida o`zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti: XIX asrning birinchi yarmida o`zbek xonliklari, Ular O`rtasidagi o`zaro munosabatlar hamda ichki ziddiyatlarning keskinlashib borishi, Buxoro amirligi, Xiva va Qo`qon xonliklarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida so'z boradi.
- Chor Rossiyaning Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati: Rossiya istilosidan so`ng Turkistonda mustamlakachilik boshqaruv tizimining vujudga keltirilishi, Chor Rossiyasi xukmron doiralarining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati, O`lka iqtisodiyotining chorizm manfaatlariga bo`ysindirilishi, Chorizmning axolini ko`chirish siyosati, Chor mustamlakachi ma'murlarning o`lka xalqlarining ma'naviy-madaniy xayotiga salbiy ta'siri yoritilgan.
- Turkistonda Jadidchilik harakati: XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi, Turkiston jadidlari ilgari surgan goyalar, karashlar va ularning ilg`or, progressiv mazmun mohiyati, jadidlarning ulka xalklari orasida olib borgan madaniy-oqartuvchilik faoliyati, jadidizm namoyandallarining Turkistondagi demokratik va milliy istiqlolchilik harakatlariga o`tkazgan muhim ta'siri haqida ma'lumot berilgan.
- Istiqlolchilik xarakati: Turkiston muxtoriyati-milliy istiqlolga erishish yo'lida mahalliy demokratik kuchlarini dastlabki muhim qadami, O`lka xududlarida istiqlolchilik harakatining boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, Farg'ona vodiysi-istiqlolchilik harakatining markazlaridan biri, Buxoro va Xivadan milliy -ozodlik harakati haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Sovet tuzumining O`zbekistonda yuritgan katog`onlik siyosati va uning oqibatlari: 20-yillar oqirlarida sobiq sho`rolar mamlakatida totalitar, ma'muriy buyruqbozlik va byurokratik tuzumining qaror topishi, komfirka va sho`ro xokimiyatining O`zbekistonda yuritgan umumiy katag`onlik siyosati va uning respublika ijtimoiy, madaniy hayotiga asoratli ta'siri.
- Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma'naviy qaramlikning oqibatlari: Xukmron markaz va komfirkaning 20-30 yillarda O`zbekistonda o`tkazgan industrlashtirish va dehqon xo`jaliklarini jamoalashtirish siyosati va uning asoratli oqibatlari, O`zbekiston iqtisodiy va ma'naviy xayotining 50-80 yillarda chuqur turg`unlik va buxronlik holatlariga duchor bo`lishi hamda uning asoratlari.
- O`zbekiston mustakil davlat: O`zbekiston davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi-o`zbek xalqi hayotida mislsiz tarixiy voqea, O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo'li, O`zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- O`zbekistonda huhuhiy demohratik davlat va fuharolik asoslarini shakllanishi: Huquqiy davlat tushunchasi, uni barpo etish yo`llari, O`zbekistonda davlat hokimiyatining milliy, huquqiy, demokratik asoslarining barpo etilishi, Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, Siyosiy partiyalar. Milliy siyosat. Ommaviy axborot vositalari, Demokratik jamiyatga xos saylov tizimining yaratilishi.
- O`zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi: O`zbekiston Respublikasining bozor munosabatlarini shakllantirish tomon yo'l tutishi. "O`zbek modeli", uning tamoyillari, iqtisodiy islohotlar, bozor infratuzilmasini shakllantirish, O`zbekistonning kuchli ijtimoiy yo`naltirilgan siyosati.
- O`zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi: Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot va milliy qadriyatlarning tiklanishi, diniy qadriyatlar va islom ma'naviyatining tiklanishi, respublikada milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi va uning demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati.
- O`zbekiston va jahon xamjamiyati: O`zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi, uning tamoyillari, O`zbekistonning jahon xamjamiyatiga qo`shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi, respublikaning jahonning turli mamlakatlari bilan xamkorlik munosabatlarining kengayib borishi, O`zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi qardosh davlatlar bilan xamkorlik aloqalarining mustahxkamlanishi.