Milliy g’oya tadqiqotlarida milliy g’oya tadqiqotlarining ahamiyatli taraflari

Kitob O`zbekistonning mustaqillik yillaridagi ma’naviy yuksalishini, milliy g`oyaning jamiyatdagi o`rni, yoshlar tarbiyasi, mafkuraviy tahdidlar, istiqlol g`oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Unda milliy istiqlol g‘oyasining o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati bilan bog‘liqligi va jamiyatning taraqqiyoti uchun ahamiyati ta’kidlanadi.

Asosiy mavzular

  • Milliy g'oya va milliy istiqlol g'oyasining mohiyati: Milliy g'oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o'tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyojini va xalq talabiga aylanib ketgan, ta`bir joiz bo`lsa, har qaysi millatning ezgu orzu-intilishlari va umid-maqsadlarini o`zimizga tasavvur qiladigan bo'lsak, o`ylaymanki, bunday keng ma`noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo'lamiz. Milliy istiqlol g'oyasi to'g'risida fikr yuritganda, uning o'zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, tarixi, madaniyati bilan bog'liq bo'lgan xamda milliy g'oyada aks etadigan o'ziga xos konuniyatlari ham mavjud
  • Demokratik jamiyat qurishda milliy istiqlol g`oyasining o`rni: Mustaqillik tufayli O'zbekiston xalqi o'zini milliyma'naviy yangilanishida milliy istiqlol g'oyasiga tayanishga alohida e'tibor berdi. Mustabid tuzum davrida amal qilib kelingan, xalqimizning milliymaʼnaviy ruhiyatiga tamomila zid bo'lgan <<kommunistik g'oya» dan voz kechildi. O'zbekiston xalqi o'z milliy G'OYASI negizlariga tayangan holda rivojlanish yo'lini tanladi. Uning o'ziga xos sabablari mavjud. Ular asosan quyidagilardan iborat. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o'ziga xos va mos rivojlanish yo'lini tanlash huquqiga ega bo'ldi.
  • Milliy go`ya tadqiqot va tashviqot ishlari: Milliy g'oya targ'iboti va tashviqoti tushunchasi haqida to`xtalishdan avval targ'ibot va tashviqot tushunchalarining o`zagiga e`tiborni qaratish zarur. Targ'ibot tushunchasining o`zagini rag'bat so`zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag'batlantirishni nazarda tutadi. Targ'ibot- insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ'ibotchilarni shuning uchun ham «inson qalbining sozlovchilari» deb ataydilar. Demak, targ'ibot-tashviqotdan maqsad – faqat bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat.
  • Bugungi kunda o`tkazilyotgan targ'ibot ishlari orqali, milliy g'oyani yoshlar ongiga singdirish: Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlamining milliy g'oya va qadriyatlarga munosabati, uning yoshlar ongiga qanday ta'sir etayotganligiga hamda amaliy faoliyatlariga qanday tarzda tayanishlariga bog'liq. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko'pini tashkil etadi. Shuningdek yoshlarning milliy G'OYANI anglashi, ishonch va e'tiqodiga aylanishi, qanday yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bogliq bo'ladi.