G‘o‘zaning so‘ruvchi zararkunandalari va unga qarshi kurash choralari
Ushbu kitob O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za shiralariga qarshi kurashning agrotexnik, biologik va kimyoviy usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda g‘o‘za shiralarining biologiyasi, zarari, ularga qarshi qo‘llaniladigan kurash choralari, kimyoviy vositalarning samaradorligi va iqtisodiy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, kitobda zararkunandalarga qarshi kurashda xavfsizlik qoidalari va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari Xatirchi tumani sharoitida olib borilgan dala tajribalariga asoslangan.
Asosiy mavzular
- G‘o‘zaning asosiy zararkunandalari va ularning biologiyasi: G‘o‘za zararkunandalari paxtachilikda eng ko‘p zarar keltiradigan omillardan biri ekanligi, O‘zbekiston sharoitida g‘o‘zaga zarar keltiruvchi 210 dan ortiq zararkunandalar aniqlanganligi, bulardan biri shiralar g‘o‘za chinbarg chiqarganda to hosil yig‘ib olingunga qadar g‘o‘zada rivojlanishi, zarar keltirishi bayon etilgan.
- Poliz biti va unga qarshi kurash choralari: G'o'za (poliz) biti (Aphis gossypii Glov) teng qanotlilar turkumiga shiralar oilasiga kirishi. Qanotsiz urg'oisi shiraning rangi yozda sarg'ish-yashil yoki sariq kuzda to'q yashil. Shira naychalari qora. Tanasining uzunligi 1,2-2,3 mm. Mamalakatimizga 60° shimoliy kenglikkacha kirib boradi. Ayniqsa, Paxtakor tumanlarda ko'p tarqalganligi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Gʻoʻza zararkunandalariga qarshi biologik va uygʻunlashgan kurash choralari: Yer yuzida bir necha 10 ming tur entomoakarifaglar bo'lib, birgina g'o'za zarakunandalari miqdorini kamaytirishda ularning yuzlab turlari ishtirok etishi. Konsinellidlar, xrizopidlar, siffidlar, hamemindlar, sesidomindlar oilalariga mansub 25 tur va afididlar oilasidagi parazidlar shular jumlasidan ekanligi ta'kidlangan.
- Tajriba maydonida gʻoʻza shirasiga qarshi qoʻllanilgan vositaning biologik samaradorligi: Tajriba maydonida gʻoʻza shirasiga qarshi qoʻllanilgan vositaning biologik samaradorligi quyidagicha boʻlib, nazorat variantida 10 may kuni tekshiruv ishlari olib borilganda, shonalardagi vositalar qoʻllashdan avvalgi zararkunandalar soni 18,6 dona boʻldi, 20 mayga kelib 20,8 ni koʻrsatdi, gullardagi vositalar qoʻllashdan avvalgi zararkunandalar soni esa 10 iyun kuni 35,6 edi, 20 iyunga kelib 38,8 ni koʻrsatdi, standart variantida 10 may kuni shonalardagi vositalar qoʻllashdan avvalgi zararkunandalar soni 16,5 ni koʻrsatdi 20 mayga kelib vositalar ya'ni gʻoʻza shirasiga qarshi Sumi alfa 5% li k.e. 0,5 1/ga qo'llanilgandan so'ng qolgan zararkunandalar soni 8,2 donani tashkil etdi va 50% biologik samaradorlik berdi.
- Kimyoviy vositalarning gʻoʻza hosildorligiga ta'siri: Gʻoʻzaning oʻsishi rivojlanishining yaxshilanishi oxir oqibat hosildorlikning oshishiga olib kelishi, Nazorat, standart va tajriba vaniantlarimizda oʻrtacha hosildorlik hisoblab chiqildi, O'rtacha hosildorlik qaytariqlar bo'yicha bo'linganida nazorat variantimizda 31,2 s/ga ni tashkil etdi, Standart variantimizda 34,8 s/ga hosildorlikni tashkil qildi, tajriba vaniantimizda 36,0 s/ga hosildorlikni tashkil qildi, Mineral o'g'itlar hosildorlikni eng katta birlikka oshirdi. Paxta hosildorligiga Konfidorning ta'siri Sumi alfanikidan kuchliroq boʻldi. Demak, paxta hosildorligi shiralar sonining miqdoriga ham bog'liq boʻladi.
- Gʻoʻza o'stirishda kimyoviy vositalar qoʻllashning iqtisodiy samaradorligi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirni iqtisodiy jihatdan foydali boʻlgandagina ishlab chiqarishga joriy qilish imkoni boʻlishi, kimyoviy vositalarning gʻoʻza o'stirishdagi iqtisodiy samaradorligini oʻrganish dolzarb masala hisoblanishi, kimyoviy vositalar bilan bog'liq xarajatlar ham qoʻllanilgan variantda yuqori boʻlishi, kimyoviy vositalarga ketadigan xarajatlarning sotib hamda qoʻshimcha hosilni yig'ishtirib olishga ketgan xarajatlar tashkil etishi, organik oʻgʻitlarda tashish va qoʻllash bilan bogʻliq xarajatlar yuqori o'rin tutishi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Hayot faoliyati xavfsizligi fanining ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati. Kimyoviy vositalarni ishlatishda koʻriladigan xavfsizlik choralari: Zararkunanda va kasalliklarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar ta'sirida odamlar, uy hayvonlari, ipak qurti hamda ularni ishlatishda qatnashgan shaxslarning zaharlanishdan saqlash, zaharli dorilarni to'planib qolishiga va ularni suv xavzalariga tushishiga qarshi ehtiyot choralari ko'rish maqsadida quyidagilarga amal qilish zarurligi haqida ma'lumot berilgan.