Стандартлаштириш, сертификатлаштириш ва сифатни бошқариш
Ushbu kitob standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish fanini o'rganishga bag'ishlangan. Unda sifat tushunchasi, standartlashtirish tizimlari, sertifikatlashtirish jarayonlari, sifatni boshqarish usullari, ekspert-auditorlarning roli va boshqa shu kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasida sifatni ta'minlash va raqobatbardoshlikni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratadi.
Asosiy mavzular
- Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarishning maqsadi va vazifalari: Mavzuda zamonaviy menejmentda sifat tushunchasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot sifatiga bo'lgan talab va mahsulotlarni sertifikatlashtirishning maqsadlari ko'rib chiqiladi.
- Sifat va raqobatbardoshlilik. Xalqaro tashkilotlar: Mavzuda o'lchashlar ehtiyojining tabiiyligi, xalqaro standartlashtirish tashkilotlari (ISO), xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK), metroloiya sohasidagi qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM) va sifat bo'yicha Yevropa tashkiloti (EOK) haqida ma'lumot beriladi.
- Standartlashtirish: Mavzuda standartlashtirish va sifat standartlarining ahamiyati, standartlashtirishning asosiy maqsadlari va vazifalari hamda standartlashtirish xususidagi asosiy qoidalar, atamalar va tushunchalar yoritilgan.
- Standartlashtirish xizmati: Mavzuda davlat standartlashtirish tizimi, standartlashtirish xizmati va idoralari, korxona va muassasalarda standartlashtirish xizmati hamda standartlarning toifalari va turlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Standartlarni ishlab chiqish, o'zgartirish va tadbiq etish: Mavzuda standartlarni ishlab chiqish tartibi, standartlarni tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartiblari, standartlarning toifalari va turlari yoritilgan.
- Standartlashtirishdagi davlat nazorati: Mavzuda standartlarni qo'llash va rioya etish bo'yicha davlat nazorati organlari va ob'ektlari, davlat nazorati va tekshiruvining maqsad va vazifalari, nazorat organlarining huquqiy mavqelari hamda standartlashtirish va nazorat qilishni moliyaviy ta'minlash masalalari bayon etilgan.
- Sertifikatlashtirish: Mavzuda sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy atamalar va tushunchalar, sertifikatlashtirishning bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi ahamiyati, sertifikatlashtirish omillari va tizimlari, O'zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratilishi va mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish masalalari ko'rib chiqilgan.
- Sifat tizimlari va sifat boshqaruvi: Mavzuda mahsulot sifati va uning ko'rsatkichlari, sifat tizimlari, mahsulot sifatini boshqarish va uning usullari, ekspert-auditorlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
- Sertifikatlashtirish sifat kafolati: Ushbu mavzu sertifikatlashtirish kontsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish sistemasi va sertifikatsiyalash sistemasining asosiy hujjatlari haqida ma'lumot beradi.
- Sertifikatsiya ishlari amalga oshirish tartibi: Ushbu mavzu ishlab chiqarish mahsulotini sertifikatsiyalash sxemasi, sertifikatsiya bo'yicha organlarni akkreditatsiyalash, mahsulotni sertifikatsiyalashni o'tkazish tartibi haqida ma'lumot beradi.
- Sifatni taʼminlash va administrativ boshqaruv sohasidagi xalqaro standartlar: Ushbu bob sifat sistemasi va uning tashkilotdagi jarayonlar bilan boqlikligi, sifat sistemasida qo'llaniladigan holatlar, sifat sistemasining modellari to'risida edi.
- Mahsulotning raqobatbardoshligi va sifatni taʼminlashni tashkil etish: Ushbu mavzuda sifat buyicha korxonalarning siyoasati, sifat sistemasini yaratish va joriy etishda boshqaruvning majburiyatlari va vazifalari va mahsulot sifatini oshirining maqsadga yunaltirilgan ilmiy texnika dasturi haqida malumot berilgan