Маҳаллий хом ашёлар асосида кальций-магний хлоратли дефолиант олишнинг технологиясини ишлаб чиқиш

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida mavjud bo'lgan dolamit xom ashyosidan foydalanib kaltsiy magniy xloratli defoliant olish texnologiyasini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Kitobda dolamitni xlorid kislota bilan parchalash orqali kaltsiy, magniy xlorid eritmasini olish, so'ngra uni natriy xlorati bilan konversiyalash jarayonlari batafsil yoritilgan. Defoliantni sinovdan o'tkazish natijalari keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Defoliatsiya jarayonining zamonaviy holati: Ushbu mavzuda defoliatsiya qilishdagi fiziologik jarayonlar, organik va noorganik birikmalar asosida olingan xorijiy hamda mahalliy defoliantlarning tavsiflari keltirilgan. Xlorat tarkibli defoliantlar olishni asoslovchi kimyoviy, fizik-kimyoviy sistemalar tahlili o'rganilgan.
  • Dastlabki xomashyolar tavsifi: "Sho'rsuv" va "Pachkamar" konlari dolomitlari, xlorid kislota, kaltsiy, magniy xloridlari va natriy xloratining tavsiflari yoritilgan. Samarahli xlorat tutuvchi defoliantlar ishlab chiqish bo'yicha kimyoviy va fizik-kimyoviy usullari keltirilgan.
  • Dolamitni xlorid kislotali parchalash orqali kaltsiy, magniy xloridlarini olish: "Sho'rsuv" va "Pachkamar" dolomit minerallarini xlorid kislotasi yordamida parchalab, kaltsiy, magniy xlorid eritmasini olish jarayonini o'rganishga bag'ishlangan. YUqori karbonatli dolomitlarni kislotali qayta natijasida ko'pik hosil bo'lishi ko'rsatilgan.
  • Natriy xlorati hamda kaltsiy, magniy xlorid eritmasi asosida kaltsiy-magniy xloratli defoliant olish usuli: Natriy xlorati hamda kaltsiy, magniy xlorid eritmalari asosida kaltsiy-magniy xloratli defoliant olishni fizik-kimyoviy asoslash va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishga bag'ishlangan.
  • Tavsiya etilgan defoliantning agrokimyoviy samaradorligi: "FanDef" defoliantining ishchi eritmasini fizik-kimyoviy, ekologo-toksikologik xossalari, agrokimyoviy samaradorligi va xlorat ioni turg'unligi, zichligi, qovushqoqligi, muhiti (pH) bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.