“Axborot tizimlarining unumdorligi” fanini o’qitishda qo’llaniladigan elektron o’quv multimediali vosita yaratish

Ushbu bitiruv malakaviy ishi o‘qitishda qo‘llaniladigan multimediali elektron o‘quv vosita yaratishga bag‘ishlangan bo‘lib, loyiha “Axborot tizimlarining unumdorligi" fani misolida ishlab chiqildi. Unda talabalar fan bo'yicha o'zlariga kerakli ma'lumotlarni oson topishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • Fanning asosiy maqsad va vazifalari: Fanning maqsadi bakalavriatura talablarining bilim doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishdan iborat. Talabalar tezkor protsessorlar arxitekturasini, turini va vazifalarini bilishlari kerak.
  • Multimedia vositalari: Multimedia texnologiyalari informatikaning istiqbolli yo'nalishlaridan biri. U turli (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya, video) ko'rinishdagi axborot bilan bog'liq. Bu foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo'ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig'indisidir.
  • Multimediali elektron o'quv vositalarga qo'yiladigan talablarni tizimlashtirilgan ko'rinishi: Multimediali elektron o'quv vosita minimal matnli axborotni mujassamlashtirgan bo'lishi kerak. Shrift turi ham muhim.Materiallar ko'proq bezakli ko'rgazmalar bilan boyitilishi lozim. Videofragmentlarni qo'llash jarayon va hodisalarni dinamikada berish imkonini yaratadi.
  • Animatsiyalar yaratish va qayta ishlash vositalari: Macromedia Flash dasturi yordamida animatsiya va taqdimot fayllarni yaratish mumkin. Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), internet sahifalar yaratiladi. Flash dasturida animatsiya ikki xil bo'ladi: kadrli va avtomatik.
  • Videotasvirlar yaratish ularni qayta ishlash dasturiy vositalari: Videotasvirli ma'lumotlardan foydalanilganligi sababli tinglovchida o'rganilayotgan ob'ekt haqida to'laroq tasavvur shakllantirish imkoniga ega. Video taqdimotga qo'yiladigan talablar: ranglar guruhi, yozuvlar (titrlar)ga qo'yiladigan talablar, fondagi musiqaga talablar, nutqqa talablar, taqdimot davomiyligi.
  • Power Point dasturi yordamida videorolik yaratish: Studiya ishga tushirilganda 3 xil rejimdan tanlash mumkinligi haqida xabar chiqadi - taqdimotni tayyorlash rejimi, taqdimotni tayyorlash rejimini qisqartirilgan varianti va raqamli videokamerida olingan video tasvirni dvd formatga o'tkazish rejimi.