Уerto'la devorlari uchun temir-beton bloklar ishlab chiqarish korxonasi.
Ushbu kitob temir-beton buyumlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish, xavfsizlik choralariga rioya qilish va pedagogik yondashuvlarni qo'llash masalalarini qamrab olgan. Unda texnologik jarayonlar, iqtisodiy hisob-kitoblar, mehnat muhofazasi va ta'lim metodlari batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Texnologik qism: Qurilish materiallari, buyumlar nomenklaturasi, ishlab chiqarish usullarini tanlash, korxona ish rejimi, xom ashyo va materiallarga talab, texnologik liniyalar loyihalash, uskunalar tanlash va hisoblash, omborlar hisoblash
- Iqtisodiy qism: Xom ashyo va materiallarga bo'lgan talabni hisoblash, energiya resurslariga talab, ish haqi fondini hisoblash, ta'mirlash xarajatlari, tannarxni hisoblash
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: Qurilish obyektlarida mehnat muhofazasining o'rni, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi, qurilishda mehnat xavfsizligi, yong'in xavfsizligi
- Pedagogika qismi: Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, mashg'ulotlarni tashkil etish metodlari, baholash usullari, adabiyotlar ro'yxati