Logopеdik ritmika

Ushbu kitobda logopedik ritmikaning mohiyati, asosiy tushunchalari, vazifalari, vositalari, tashkiliy-uslubiy ko'rsatmalari, alaliya kasaliga chalingan bolalar bilan ishlashda logoritmik vositalardan bosqichma-bosqich foydalanish kabi masalalar yoritilgan. Bundan tashqari, bolalarning musiqa va shaxsning qar tomonlama rivojlanishi, logopedik ritmika mashg'ulotlarida musiqali va ritmik vositalarning ahamiyati kabi jihatlar ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Logopedik ritmikaning umumiy masalalari: Logopedik ritmikaning predmeti, ob'ekti, maqsadi, vazifalari, tamoyillari va metodlari haqida ma'lumot berilgan. Logopedik ritmikaning umumiy tushunchalari va asosiy yo'nalishlari ochib berilgan.
  • Logopedik ritmikaning mazmuni va tuzilishi: Musiqa va shaxsning qar tomonlama rivojlanishi, nutqida patologiyasi bo'lgan bolalarga musiqiy-ritmik ta'sir, bolalarni logoritmik tarbiyalashda musiqali-ritmikaning vazifalari kabi mavzularni qamrab oladi.
  • Logopedik ritmikaning vositalari: Turli yo'nalishlarda yurish, nafas olish, ovoz va artikulyatsiyani rivojlantiruvchi mashqlar, muskullar tonusini tartibga soladigan mashqlar, musiqa o'lchov yoki metr tuyqusini shakllantirishga oid mashqlar, ritmik mashqlar va boshqa vositalar tavsifi keltirilgan.
  • Duduqlanishni bartaraf etish bo'yicha psixologik-pedagogik ish va tibbiy tadbirlar majmuaviy tizimdagi logopedik ritmika: Maktabgacha, kichik va o'rta maktab yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda qarakat qissiy-irodali doiralarning va erkin xulqning buzilishi, duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan logopedik ritmika mashqulotlarining mazmuni, korrektsion ishda logoritmik ta'sirning aqamiyati kabi masalalar ko'rilgan.
  • Dislaliya, rinolaliya, dizartriya va ovoz buzilishlarin oldini olishda logoritmik va musiqali-ritmik vositalardan foydalanishning xususiyatlari: Dislaliya, rinolaliya, dizartriya va ovoz buzilishlari mavjud bolalarning, motor, emotsional-irodaviy doirasi va ixtiyoriy xulqining buzilishi, dislaliya, rinolaliya, dizartriya, ovoz buzilishlarini bartaraf etishda logoritmik va musiqaviy ritmik vositalarning xususiyatlari yoritilgan.
  • Alaliya nutq kamchiligiga ega bolalar bilan ishlash tizimida logopedik ritmika: Alaliya nutq kamchiligiga ega bolalarning qarakat, sensor, emotsional-irodaviy va ixtiyoriy ulqining buzilishlari, alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar bilan logopedik ish jarayonida logoritmik vositalarni bosqichma-bosqich qo'llash usullari bayon etilgan.
  • Nutq kamchiligiga ega bolalar muassasalarida logoritmik tarbiya bo'yicha tashkiliy metodik ko'rsatmalar: Musiqaviy raqbar faoliyatining mazmuni va vazifalari, kadrlar tayyorlash va mashqulot uchun xonani jiqozlash masalalari ko'rsatilgan.