Коллоид кимё фанидан лаборатория машғулотлари

Ushbu kitob kolloid kimyo fanini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, kolloid sistemalar, ularning xossalari, hosil bo'lish usullari, tozalash usullari va amaliyotda qo'llanilishi haqida ma'lumot beradi. Kitob laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish tartibi, xavfsizlik texnikasi qoidalari va birinchi yordam ko'rsatish choralari bilan boshlanadi. So'ngra dispers sistemalarning o'ziga xos xususiyatlari, kolloidlarning kondensatsiya va dispergatsiya usullari, kolloid eritmalarni tozalash usullari, adsorbtsiya hodisasi, koagulyatsiya va kolloid sistemalarning elektr xossalari kabi mavzular batafsil yoritilgan. Kitobning oxirida gellar, ularning turlari va xossalari haqida ma'lumot berilgan.

Asosiy mavzular

  • Dispers sistemalarning o'ziga xos xususiyatlari: Dispers sistemalar va ularning turlari, kolloid sistemalarning hosil bo'lish nazariyalari, tabiatdagi va texnikadagi dispers sistemalar, liofob kolloid eritmalar olish usullari
  • Kolloidlarning kondensatsiya usulida olinishi: Oltingugurt va kanifol gidrozolini olish, Fe(OH)3 zolini gidroliz usuli bilan olish, oltingugurt zolini oksidlash yo'li bilan olish
  • Kolloidlarning dispergatsiya usulida olinishi: Stannat kislota zolini olish, har xil zollar olish, benzolning suvdagi va kungaboqar moyining suvdagi emulsiyalarini olish
  • Kolloid eritmalarni tozalash usullari: Jelatina zoli dializi, kraxmal zoli dializi, temir(III) gidroksidi zolining dializi, ultradializ
  • Adsorbtsiya: Adsorbtsiyaga oid ba'zi bir hodisalar, adsorbtsiya uchun nazariyalar, ko'mir sirtidagi sirka kislota adsortsiyasini o'lchash
  • Koagulyatsiya: Mishyak (III)-sulfidi (elektromanfiy) va temir(III) gidroksidi (elektromusbat) zollarining elektrolitlar yordamida koalgulyatsiyasi, temir (III) -gidroksidi zolining koagulyatsiya chegarasini aniqlash, ikkita kolloidning o'zaro koagulyatsiyasi
  • Kolloid sistemalarning elektr xossalari: Elektroforez hodisasini kuzatish, zaryad ishorasini elektroforetik zond yordamida aniqlash, kapillyar analiz usuli bilan kolloid zarrachalarning zaryadi ishorasini aniqlash, bo'yoqlar zarrachalarining zaryadi ishorasini aniqlash
  • Kolloid zarrachalarning tuzilishi: Kumush yodid zolini olish, mishyak (III) sulfidi va temir(III) gidroksidi zollarini o'zaro koagulyatsiyasi
  • Qovushqoqlik: Kapillyar viskozimetr yordamida qovushqoqlikni aniqlash, qovushqoqlikka kontsentratsiyaning ta'siri, qovushqoqlikka temperaturaning ta'siri
  • Gellar: Jelatinni suvli eritmada bo'kishi