Mustaqillik yilarida O'zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati va yoshlar tashkilotlari tarixidan.
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishi va rivojlanishi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining roli, faoliyati, maqsad va vazifalari, erishgan yutuqlari hamda istiqbollari yoritilgan. Kitobda, shuningdek, ta'lim sohasidagi islohotlar, yoshlarga oid davlat dasturlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati kabi masalalar ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining vujudga kelishi va ularning fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdagi o'rni: Ushbu bobda mustaqillik yillarida O'zbekistonda nodavlat tuzilmalarining shakllanishi, nodavlat va notijorat tashkilotlarining mustaqil O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish borasidagi faoliyati, shuningdek, jamoat tashkilotlarining demokratik islohotlardagi roli va ahamiyati ko'rib chiqiladi.
- O'zbekistonda mustaqillik yillarida ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarning yoshlar intellektual salohiyatini oshirishga qo'shgan hissasi hamda yoshlarga oid Davlat dasturlari: Ushbu bobda O'zbekistonda ta'lim sohasida o'tkazilgan islohotlarning bosqichlari va samaradorligi, mustaqil O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat dasturlari va ularning ahamiyati, O'zbekistonning ta'lim sohasida tanlagan yo'li xorijliklar e'tirofida kabi masalalar tahlil qilinadi.
- “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tarixi va faoiyati: Ushbu bobda «Kamolot» YoIH faoliyat tizimi va uning maqsad va vazifalari, Xorazmda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati, “Kamolot” YoIH UrDU boshlang'ich tashkiloti faoliyati, Harakatning asosiy masalalari va farazlari, Tadqiqotning ilmiy yangiligi, Tadqiqotning amaliy ahamiyati kabilar ochib berilgan.