Xo’jalik yurituvchi subektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini hisobga olish

Ushbu kitob O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning hisobini yuritish masalalarini o'rganadi. Unda xo'jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari, investitsiya faoliyati, xizmatlar ko'rsatish, litsenziyalar bilan ishlash kabi yo'nalishlardagi moliyaviy munosabatlari, eksport va import operatsiyalari hisobi, valyuta hisobi, bojxona tartiblari, barter operatsiyalari va boshqa muhim jihatlar batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: Sub'ektlarning tashqi iqtisodiy aloqalari davlatning qonunlari, qarorlari va xalqaro qoidalariga asosan tartibga solinishi, shuningdek, bojxona tartibining ahamiyati va asosiy elementlari.
  • Eksport operatsiyalari hisobi: Eksport maxsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari, eksport qilingan tovarlar, tayyor mahsulotlar hisobi, savdo sarflari, eksportdan olingan daromadlar va moliyaviy natijalarni aniqlash.
  • Import operatsiyalari hisobi: Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish, bojxona to'lovlari va yig'imlari, transport xarajatlari hisobi, import qilingan tovarlar tannarxini aniqlash va hisobdan chiqarish.
  • Barter operatsiyalari hisobi: Barter shartnomalari, barterga olingan tovarlar hisobi, soliqqa tortish masalalari va barter operatsiyalarining schyotlarda aks ettirilishi.
  • Xalqaro hisoblashish shakllari: Akkreditiv, tijorat krediti, veksel va boshqa xalqaro hisoblashish shakllari, ularning qo'llanilishi va hisobi.