Қишлоқ хўжалигида бухгалтерия ҳисоби ва статистика асослари

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan Andijon qishloq xo'jalik institutida buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi tomonidan nashr etilgan "Qishloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma qishloq xo'jaligi buxgalteriyasi va statistikasining asosiy tushunchalarini, metodlarini va amaliy masalalarni o'rganishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Buxgalteriya hisobining mohiyati, predmeti va metodi: Ushbu mavzu hisob turlari, korxona mablag'lari va ularning tashkil topish manbaalarini aniq ma'lumotlar asosida turkumlanishini o'rganadi. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va metodlari tushuntiriladi.
  • Xo'jalik yurituvchi subyekt aktivlari: Bu aktivlar tasnifini, aylanma va uzoq muddatli aktivlar, majburiyatlar va o'z mablag'lari manbalarini o'z ichiga oladi. Hisob usullari, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya kabi elementlar ko'rib chiqiladi.
  • Buxgalteriya balansi, schyotlar va ikki yoqlama yozuv: Korxonalarning buxgalteriya balansining shakllari, tuzilishi va tarkibi, buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlash, ikkiyoklama yozuvning ahamiyatini organish. Schyotlar bilan balans ortasidagi bogliqlikni, sintetik va taxliliy hisoblarni ahamiyatini tushuntirish.
  • Buxgalteriya hisobini tashkil etish: Korxonalarning hisob siyosatini tuzish va ularda buxgalteriya hisobini tashkil etishning xuquqiy asoslarini organish. Hisob siyosatining elementlari, hisob shakllari va registrlari tavsiflanadi.
  • Baholash va ta'minot jarayonini hisobga olish: Ta'minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari bilan bog'liq xo'jalik muomalalarini, baholash va maxsulot tannarxini aniqlashni hamda yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlashni organish
  • Бухгалтерия хисоботлари.: Хисобот ва унинг шаклларини ва тулдирилишини, корхоналарда хисоботга тайёргарлик ишларини урганиш.
  • “Статистика” фанининг предмети ва методи.: “Статистика” фанининг предмети ва методи тугрисида маълумот берилади.
  • Деҳқончилик ва чорвачилик статистикаси: Чорвачилик тармоғини ривожлантиришнинг аҳамияти катта.Чорвачиликни жадал ривожлантириш билан аҳолини чорвачилик маҳсулотларига, енгил ва озиқ-овқат саноатларини эса хом ашё билан таъминлашга имкон туғилади.