Mexnat xarajatlari tahlili

Ushbu kitob korxonalarda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda korxonalarning mehnat omillarini tahlil qilish, ishchi kuchi bilan ta'minlanganlik darajasini baholash, mehnat unumdorligini o'lchash va tahlil qilish, ish vaqtidan foydalanish samaradorligini oshirish yo'llari, shuningdek, mehnatga haq to'lash fondidan oqilona foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Korxonalarning mehnat omillarini tahlil qilish: Korxonaning ishchi kuchi bilan ta'minlanganligi, ish vaqtidan samarali foydalanishi va bir ishlovchiga to'g'ri keluvchi o'rtacha yillik ish unumi (mehnat unumdorligining darajasi) kabi mehnat omillari tarkibida quyidagi koʻrsatkichlar oʻrganiladi.
  • Ishchi kuchi bilan ta'minlanganlikni tahlil qilish: Korxonada ishlovchi barcha xodimlar ikki turkumga boʻlinadi: asosiy faoliyatda ishlovchi va asosiy bo'lmagan faoliyatda xizmat qiluvchi xodimlar. Oʻz navbatida asosiy faoliyatda xizmat qiluvchi xodimlar quyidagi toifalarga boʻlinadi: ishchilar, xizmatchilar, shu jumladan: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar.
  • Mehnat unumdorligi darajasini tahlil qilish: Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, chorak, yil) ichida bitta xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan oʻlchanadi.
  • Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish: Mehnat unumdorligining o'sishi bevosita ish vaqtidan oqilona foydalanishga bog'liq. Ish vaqtidan foydalanishning umumlashgan koʻrsatkichi – hamma ishchilar tomonidan bir yilda ishlangan kishi soatlari hisoblaniladi.
  • Mehnatga haq toʻlash fondidan foydalanishni tahlil qilish: Mehnatga haq to'lash fondi – yalpi ichki mahsulotning xodimlar oʻrtasida ular mehnatining miqdor va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste'mollari uchun foydalaniladigan qismidir.