O'zbekiston tarixi

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston tarixining asosiy bosqichlarini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada O'zbekiston hududida yashagan qadimiy davlatlar, Sovet Ittifoqi davridagi O'zbekiston, mustaqillik yillarida O'zbekistonda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy o'zgarishlar yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • O'zbekiston tarixining fan sifatida o'rni: Ushbu mavzu O'zbekiston tarixining o'rganish ob'ekti va predmetini, uslubiy asoslarini va ahamiyatini ochib beradi.
  • O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Mazkur mavzuda O'zbekiston hududida davlatlarning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari, Katta Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona, Kushonlar saltanati kabi davlatlar tarixi yoritiladi.
  • O'zbek xalqining etnik shakillanishi: Mavzu o'zbek xalqining kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari, O'rta asrlardagi etnik madaniy jarayonlar, O'zbek atamasining kelib chiqishi haqida ma'lumot beradi.
  • V-XII asrlarda O'zbek davlatchiligi va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot: Ushbu mavzu Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arablar istilosi, Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar davlatlari hukumronligi davrini o'z ichiga oladi. G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazimshohlar davlatlarining tashkil topishi yoritiladi.
  • Mug'ullar istelosi va zulmiga qarshi kurash: Ushbu mavzu Mo'g'ul davlatining tashkil topishi, Chingizxon va Xorazimshox munosabatlari, Jaloliddin Manguberdi faoliyati va istilosidan keyingi siyosiy vaziyatni o'z ichiga oladi. Chig'atoy ulusi davrida ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy hayot yoritiladi.
  • Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot: XIV asrda Movarounnahrda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat, Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi uchun kurashi va harbiy yurishlari, Temuriylar davrida Movaraunnahr va Xurosoning rivojlanishi yoritiladi.
  • O'zbekiston hududining xonliklarga bo'linib ketishi: Mazkur mavzuda XV asr oxiri XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi, Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonligining tashkil topishi tahlil qilingan.
  • Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati: Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi, Mustamlakachilarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy siyosati, Mustamlakachilarga qarshi milliy-ozodlik harakatlari, Turkistonda jadidchilik harakati va milliy uyg'onish yoritiladi.
  • Turkistonda sovet hokimiyatining o'rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat: Mazkur mavzuda 1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta'siri.Muxtoriyatchilik harakati, Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati, Xorazm va Buxoro demokratik harakatlarning o'sib borishi. Xiva xonligi va Buxoro amirligining emirilishi tahlil qilinadi.
  • Sovet hokimiyatining O'zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy tadbirlarining mustamlakachilik mohiyati: O'zbekistonda sovet hokimiyatining amalga oshirgan yer-suv islohoti, XX asr 20-40 yillarda O'zbekistonda amalga oshirilgan ommaviy qatag'onlar, O'rta Osiyo milliy-davlat chegaralanishining o'tkazilishi, O'zbekistonda sanoatlashtirish siyosati va amaliyoti ko'rsatilgan.
  • Ikkinchi jahon urushi yillarida o'zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi: Urushning boshlanishi,Umumiy harbiy safarbarlik, Urush yillarida O'zbekiston sanoati va qishloq xo'jaligi, Urush yillarida fan va madaniyat, O'zbekistonliklarning janggohlardagi ko'rsatgan jasorati yoritilgan.
  • Mustaqillik yillarida O'zbekistonning iqtisodiy, ma'naviy va madaniy taraqqiyoti hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi: O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakillanishi.uning bosqichlari va xususiyatlari.Qishloq xo'jaligidagi islohotlar, O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi, Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot, O'zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati haqida ma'lumot berilgan.