Электр технологик қурилмалар ва тизимлар

Ushbu kitob "Elektrotexnologik qurilmalar va tizimlar" fanidan ma'ruzalar kursini o'z ichiga olgan bo'lib, unda elektrotexnologiya asoslari, elektr isitish, payvandlash, elektrokimyoviy ishlov berish, magnit va elektr maydonlar yordamida materiallarga ta'sir etish, yoritish qurilmalari va boshqa elektrotexnologik jarayonlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Elektrotexnologik qurilmalar va tizimlar haqida umumiy ma'lumot, ularning turlari, rivojlanish tarixi va ahamiyati.
  • Elektrotermik jarayonlar va qurilmalar: Elektrotermiya tushunchasi, issiqlik uzatish usullari (issiqlik o'tkazuvchanlik, konveksiya, nurli issiqlik almashinuvi), qarshilik usulida, induksion usulda va dielektrik usulda isitish qurilmalari.
  • Elektr yoy qizdirish qurilmalari: Elektr yoyi, uning asosiy xarakteristikalari, turlari (bilvosita va bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari, po'lat erituvchi, rudotermik va vakuumli yoy pechlari).
  • Elektr yoy bilan payvandlash qurilmalari: Payvandlash turlari, elektr yoy payvandlash qurilmalarining energiya manbalariga talablari, payvandlash jihozlarining ish rejimlari, o'zgarmas va o'zgaruvchan tok payvandlash agregatlari, kontaktli payvandlash mashina va qurilmalari.
  • Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini elektr termik usulda isitish: Xonalarda mikroklimat hosil qiluvchi elektr termik isitish, elektrokaloriferlar va ularning turlari, issiqlik nasoslari.
  • Materiallarga elektrokimyoviy ishlov berish qurilmalari: Elektrokimyo asoslari, elektrolitlar, ulardan elektr tokini o'tishi, elektrokimyoviy ekvivalent, qorishma va eritmalar elektrolizi, metall elektrolizi, materiallarga ishlov berishni elektr kimyo usullari.
  • Elektr mexanik jarayonlar va qurilmalar: Magnit va magnitli impulslar, suvga magnit ishlov berish, magnitli impulslar bilan ishlov berish qurilmalari.
  • Optik nurlanishni elektr manbaalari: Issiqlikdan nurlanishni asosiy qonunlari, qizdiriluvchi lampalar va ularni asosiy xarakteristikalari.
  • Nurlanish asboblari va nurlantirgichlar: Yuqori bosimli razryadlanuvchi lampalarni nurlanishini, Lampalarda yoy razryadini yoqish va stabillashtirish.