“Yosh byudjetchi” Iqtidorli talabalar ilmiy to’garagining namunaviy o’quv dasturi

Ushbu kitob Toshkent Moliya Instituti "Byudjet hisobi" kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan "Yosh byudjetchi" ilmiy to'garagining namunaviy o'quv dasturi hisoblanadi. Dastur byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisob siyosati, daromadlar va xarajatlar smetasi, moliyalashtirish hisobi, pul mablag'lari hisobi, mulkiy qiymatliklar hisobi, mehnatga haq to'lash, debitor-kreditorlar bilan hisoblashuvlar, byudjetdan tashqari mablag'lar hisobi va hisobotini o'rganish masalalarini qamrab oladi.

Asosiy mavzular

  • Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, ularda hisob siyosatining hususiyatlari: Davlat byudjeti g'azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning vazifalari va ahamiyati, bosh buxgalterlarning huquqlari, hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi, yuritiladigan hisob shakllari, xarajatlar smetasi ijrosi hisobi bo'yicha hujjatlar va registrlarni qamrab oladi.
  • Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini tuzish, ijrosini tashkil etishning hususiyatlari: Daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi, shtatlar jadvalini tuzish, byudjet mablag'lari bo'yicha smeta xarajatlarini tuzish va ijro etish, byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetalarni tuzish va ro'yxatdan o'tkazish tartibini qamrab oladi.
  • G'azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish hisobi: Moliyalashtirish manbalari, xarajat guruhlari bo'yicha moliyalashtirish tartibi, G'aznachilik va uning hududiy bo'limlari orqali moliyalashtirish, shaxsiy hisobvaraqlar orqali moliyalashtirish, byudjetdan tashqari mablag'lar manbalari bo'yicha shakllanishi va xujjatlashtirishni qamrab oladi.
  • G'azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlari pul mablag'lari hisobi: Pul mablag'lari hisobining xususiyatlari, G'aznachilikda shaxsiy hisobvaraqlarini ochish tartibi, moliyaviy va yuridik majburiyatlarni ro'yxatga olish, pul mablag'larining analitik hisobi va byudjetdan tashqari pul mablag'larini qamrab oladi.
  • Byudjet tashkilotlarida mulkiy qiymatliklar hisobi: Asosiy vositalar hisobini tashkil etish vazifalari, asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi, asosiy vositalar harakati hisobi, asosiy vositalarning eskirish hisobi, ta'mirlash xarajatlari hisobi, baholanishi, material qiymatliklarning tarkibi va arzon eskiruvchan buyumlar hisobi qamrab oladi.
  • Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to'lovlar hisobi: Mehnat va unga haq to'lash hisobini tashkil etish vazifalari, mehnatga xaq to'lashning xususiyatlari, ish haqini hisoblash tartibi, stipendiya to'lovlari, pensiya va nafaqalar bo'yicha to'lovlar, soliq va majburiy ajratmalar va yagona ijtimoiy to'lovlarni qamrab oladi.
  • Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi: G'aznachilik ijrosi sharoitida yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro'yxatdan o'tkazish, mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlar, xizmat safar xarajatlari bo'yicha hisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar va kamomadlar bo'yicha hodimlar bilan hisoblashuvlarni qamrab oladi.
  • Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag'lar hisobi: Rivojlantirish jamg'armasi mablag'larining shakllanishi, to'lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag'lar hisobi, boshqa maxsus mablag'larning tushumlari va amalga oshirilgan xarajatlarning buxgalteriya hisobi, soliq imtiyozlari va hisobini qamrab oladi.
  • Byudjet tashkilotlarida daromad va xarajatlar smetalari ijrosi natijalari hisobi va hisoboti: Moliyalashtiriladigan tashkilotlarning daromad va xarajatlarning ijrosi bo'yicha hisobotlarning mazmuni, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qilish tartibi, hisobotlarni ko'rib chiqish va tasdiqlash tartibi, hisobot tuzish tartiblarini qamrab oladi.