Nazariy mehanika

Ushbu kitob nazariy mexanika fanining asosiy bo'limlaridan biri - statika va kinematikaga bag'ishlangan. Unda qattiq jism statikasi, kuchlar sistemasi, muvozanat shartlari, qattiq jismning ilgarilanma va aylanma harakati, murakkab harakat kinematikasi kabi masalalar batafsil yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Qattiq jism statikasi va statikaning asosiy aksiomalari: Kuch tushunchasi, kuchlar sistemasi, ekvivalent kuchlar, muvozanatlashgan kuchlar sistemasi, statikaning asosiy aksiomalari, bog'lanishlar va bog'lanish reaksiyalari, kesishuvchi kuchlar sistemasi, kuchni tashkil etuvchilarga ajratish, analitik usulda teng ta'sir etuvchini aniqlash, muvozanat shartlari.
  • Kuch momenti: Nuqtaga nisbatan kuch momenti, teng ta'sir etuvchining momenti haqida Varin'on teoremasi, kuchning o'qqa nisbatan momenti, kuchning o'qqa va shu o'qdagi nuqtaga nisbatan momentlari orasidagi munosabat.
  • Juft kuchlar nazariyasi: Juft kuch tushunchasi, juft kuch momenti, tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasini bir markazga keltirish, tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlari, jismlar sistemasining muvozanati, fazodagi juft kuchlar.
  • Fazoda ihtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi: Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasini bir markazga keltirishning turli hollari, fazodagi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari, fazodagi parallel kuchlar sistemasining muvozanat shartlari, parallel kuchlarni qo'shish, parallel kuchlar markazi, jism og'irlik markazining koordinatalari uchun umumiy formulalar, og'irlik markazini aniqlash usullari, simmetrik jismlarning og'irlik markazi.
  • Nuqta kinematikasi: Nuqta harakatini aniqlash usullari (vektor, koordinata, tabiiy), nuqtaning tezligi, nuqtaning tezlanishi.
  • Qattiq jismning ilgarilanma va o'q atrofidavi aylanma harakati: Qattiq jismning ilgarilanma harakati, qattiq jismning qo'zg'almas o'q atrofidagi aylanma harakati, aylanma harakat burchak tezligi, aylanma harakat burchak tezlanishi, aylanma harakatdagi jism nuqtasining tezlik va tezlanishi.
  • Qattiq jismning qo'zg'almas nuqta atrofida aylanma harakati (sferik harakat): Qattiq jismning qo'zg'almas nuqta atrofidagi aylanma harakat tenglamalari, oniy burchak tezligi va tezlanish, sferik harakatdagi jism nuqtasining tezligi va tezlanishi.
  • Nuqtaning murakkab harakati: Nuqtaning nisbiy, ko'chirma va mutlaq harakatlari, nisbiy harakat tenglamalari, murakkab harakatdagi nuqtaning tezligi, tezlanishlarni qo'shish teoremasi (Koriolis teoremasi), Koriolis tezlanishi.
  • Qattiq jismning tekis-parallel harakati: Qattiq jismning tekis-parallel harakati, tekis shaklning harakat tenglamalari, tezliklar oniy markazi, tekis shakl nuqtasining tezlanishi va uning oniy markazi.