Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi fanidan masalalar to’plami
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Toshkent moliya institutining talabalari uchun “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” fanidan tayyorlangan uslubiy qoʻllanmadir. Qoʻllanma bakalavriatning III va IV-bosqich talabalariga moʻljallangan boʻlib, unda budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisob siyosati, smeta tuzish, nomoliyaviy va moliyaviy aktivlar hisobi, debitor-kreditorlar bilan hisob-kitoblar, moliyaviy natijalar hisobi va moliyaviy hisobotlarning shakllantirilishi kabi masalalar qamrab olingan. Qoʻllanma talabalar mustaqil izlanishlari uchun tavsiya etiladi.
Asosiy mavzular
- Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning nazariy-uslubiy asoslari: Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, uslubiy asoslari va xususiyatlarini tavsiflash.
- Memorial order shakllari: Budjet tashkilotlarida qo'llaniladigan memorial order shakllarini to'ldirilishi tartibi va ularni Bosh jurnal kitobiga tushirish tartibini tushuntirish.
- Balans: Budjet tashkilotining daromad va xarajat smetalarini ijrosi bo'yicha buxgalteriya balansining sxematik kurinishini aks ettirish.
- Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalari: Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi.
- Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar hisobi: Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobda tan olinishi meʼzonlarini, xizmat muddati va qiymatidan qat'i nazar qaysi mulkiy qiymatliklar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligini tushuntirish.
- Tovar moddiy zahiralar hisobi: Tovar moddiy zaxiralarni hisobda tan olinishi meʼzonlarini va baholash tartibini ayting. Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zaxiralar hisobini tashkil etishning xususiyatlarini sharxlang.
- Tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobi: Budjet tashkilotlarida tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil etishning me'yoriy xuquqiy asoslarini sharxlang.
- Moliyaviy aktivlar hisobi: Moliyaviy aktivlar haqida nimalarni bilasiz. Moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga qanday vazifalar qo'yiladi.
- Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi: Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo'yicha hisoblashuvlarni yuzaga kelishi xolatlarini ko'rsating.
- Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi: Budjet tashkilotlarida xodimlar bilan hisoblashuvlarni amalga oshimrilishi tartibini tushintiring.
- Budjet mablag'lari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi: Budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni shakllanishini sxematik ko'rsatib bering.
- Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi: Budjet tashkilotlarida Budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha joriy yilga moliyaviy natijalar qanday aniqlanadi.
- Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi: Yakuniy moliyaviy natija qanday aniqlanishini ko'rsating. Yakuniy moliyaviy natijalarni shakllanishi hisobini tushuntirib bering.
- Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi: Budjet tashkilotlarda Budjet va Budjetdan tashqari mablag'lar smetalari ijrosi bo'yicha choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish tartibini tushintiring.