Sanoat korxonalarining transformatorlari loyihasini ishlab chiqish

Ushbu kitob sanoat korxonalarida ishlatiladigan transformatorlarni loyihalashtirish jarayonini batafsil yoritadi. Unda transformator texnologiyasi, elektr mashinalariga qo'yiladigan talablar, asosiy kattaliklarni hisoblash, chulg'amlarni loyihalash, qisqa tutashuv parametrlarini aniqlash, magnit sistemalari va issiqlik hisobi kabi muhim bosqichlar keltirilgan. Bundan tashqari, transformatorning aktiv qismlari narxi, materiallar sarfi va issiqlik rejimini tahlil qilish masalalari ham ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Asosiy elektr kattaliklarni hisoblash: Transformatorning quvvati, kuchlanishlari va toklarini aniqlash, chulg'amlardagi nominal toklar, bitta fazalardagi va bitta sterjendagi quvvatni hisoblash.
  • Transformatorning asosiy ulchamlari: Transformatorning asosiy o'lchamlari bilan tanishib, hisoblash uchun uning asosiy o'lchamlari (VN va NN sinash kuchlanishlar)ni aniqlash.
  • Qisqa tutashuv parametrlari hisobi: Chulg'amlardagi asosiy isroflarni aniqlash, o'tkazgichlar sarfini hisoblash, aktiv va reaktiv tuzuvchilarni aniqlash.
  • CHulg'amlarni hisoblash: Past kuchlanishli va Yuqori kuchlanishli chulg'amlarni hisoblash, o'ramlar sonini aniqlash, simlarni tanlash, tok zichligini hisoblash.
  • Transformatorni magnit sistemalari hisobi: Magnit sistemasining asosiy o'lchamlari: sterjen kesimini aniqlash, yarmo kesimini hisoblash, po'lat massasini aniqlash, induksiyalarni hisoblash
  • Transformatorlarni issiqlik hisobi: CHulg'amlarni issiqlik hisobi, haroratni ichki tushishi, sirtidagi xarorat tushishi. Bakni issiqlik hisobi, radiatordagi hisoblashlar.