Yangi pedagоgik texnоlоgiyalar

Mazkur kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, Namangan muhandislik-pedagogika institutida tayyorlangan «Yangi pedagogik texnologiyalar» fanidan o'quv-uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanma kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Pedagogik texnologiya (o‘qitishga texnologik yondashuv) ning mohiyati va ahamiyati: Ushbu bobda pedagogik texnologiyaning ta’rifi, uning respublikamiz ta’lim tizimiga joriy etishning ahamiyati, pedagogik texnologiya bo‘yicha mashg‘ulotni loyihalash sxemasi, pedagogik maqsadlar taksonomiyasi, Blum taksonomiyasi toifalari kabi masalalar yoritilgan.
  • Pedagogik maqsadlarni belgilash texnologiyasi: Ushbu bob o‘quv maqsadlarini belgilashning odatdagi usullari, pedagogik maqsadlar taksonomiyasi, B. Blum taksonomiyasi kabi mavzularni qamrab oladi. Maqsad – aniqlik kiritish, pedagogik texnologiyaning o‘qitish usullaridan tubdan farq kiluvchi dastlabki, eng muhim jihatlaridan birini yoritib berish.
  • Etalon-maqsadlarni shakllantirish va ularni test topshiriqlariga aylantirish: Ushbu bobda o‘quv maqsadlarini tashqaridan kuzatiladigan harakatlar bilan ifodalash, etalon-maqsadlarni yaratish, qo‘llash va ularni test topshiriqlariga aylantirish kabi masalalar muhokama qilinadi.
  • Test shakllari va ulardan foydalanish: Ushbu bob testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari, test turlari va test topshiriqlari shakllari, «Yutuqlar testlari va mezoniy yo'naltirilgan testlar» kabi mavzularga bag'ishlangan.
  • Test topshiriqlarini tuzish uslubi: Test topshiriqlariga qo‘yiladigan didaktik talablar, test rejasini ishlab chiqish, test tuzishdagi eng xarakterli xatolarning tahlili – ushbu bobning asosiy mazmunini tashkil etadi.
  • Pedagogik texnologiyaning printsip va qoidalari: Takrorlanuvchan o‘qitish tsikli, pedagogik texnologiya tamoyillari, pedagogik texnologiyaning qoidalari, ijodiy izlanuvchanlik darajasiga oid pedagogik texnologiya – ushbu bobda yoritilgan mavzular hisoblanadi.
  • O'quv materialini to'la o'zlashtirish g'oyasi: To‘la o‘zlashtirishga erishish g‘oyasining vujudga kelishi va rivojlanishi, to‘la o‘zlashtirish texnologiyasining yutuq va kamchiliklari ushbu bobning asosiy mazmunini tashkil etadi.
  • To‘la o‘zlashtirish texnologiyasini amalga oshirish usullari: Ushbu bobda o‘qitishning individual yozma-ko‘rsatmali va individual-brigada usullari, mashg‘ulotlarni didaktik konstruktsiyalash usullari kabi masalalar yoritilgan.
  • O'qitishning interfaol usullari: Ushbu bobda o‘qitishning interfaol usullari, o‘quvchi va talabalarning kritik fikrlash qobiliyatlarini o‘sdiruvchi savol va topshiriqlarning shakli kabi masalalar muhokama qilingan.