Boshqaruv strukturasi va ular faoliyatini takomillashtirish
Ushbu bitiruv malakaviy ishida boshqaruv tuzilmalari va ularni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan. O'zbekistondagi korxona va tashkilotlarda ushbu tajribalarni joriy etish yo'llari asoslangan. Boshqaruv faoliyatida samarali boshqaruv strukturasini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarning turlari va ularning funksional vazifalarini muvofiqlashtirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvchi-xodimlarning tashkiliy strukturalari tahlil qilingan. OATB "Savdogarbank" ning tashkiliy-tarkibiy tuzilishi va faoliyati, korxona-tashkilotlarda boshqaruv tuzilmasini tashkil etish yo'nalishlari, hamda rahbar faoliyati samaradorligini oshirish usullari o'rganilgan.
Asosiy mavzular
- Boshqaruvning tashkiliy strukturalari hamda ulardan samarali foydalanishning nazariy asoslari: Tashkiliy struktura haqida tushuncha va uning turlari, boshqaruv faoliyatida tashkiliy tuzilmalarning afzalliklari hamda kamchiliklari, tashkiliy tuzilmalarni loyixalashtirishning o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
- ОАТВ "SAVDOGARBANK”NING TASHKILIY TUZILMASI VA UNDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY HAMDA MOLIYAVIY HOLAT TAHLILI: OATB "Savdogarbank”ning tashkiliy boshqaruv strukturasi va undagi jarayonlar tahlili, OATB "Savdogarbank” ning xizmat ko'rsatish turlari hamda kredit siyosati tahlil qilinadi.
- BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA KORXONA VA TASHKILOTLARNI SAMARALI BOSHQARISHDA TASHKILIY STRUKTURANI TAKOMILLASHTIRISH: Tashkiliy tuzilmani tashkilot strategiyasiga moslashtirishning zamonaviy usullari, tashkiliy tuzilmalarni tashkilotga moslashtirish faoliyati istiqbollari, xalqaro bozorlarda ishtirok etadigan korxonalarni tashkiliy jihatlari o'rganiladi.