Озиқ-овқат маҳсулотлари экспертизаси

Ushbu kitob oziq-ovqat mahsulotlari va ularning turlarini, kimyoviy tarkibini, ishlatilish usullarini va sifatini baholashni o'z ichiga olgan qo'llanma. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va xavfsizligini ta'minlashga doir ma'lumotlar ham berilgan.

Asosiy mavzular

  • Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasining asoslari: Fanning predmeti, vazifalari va oziq-ovqat tovarlarining kimyoviy tarkibi, iste'mol xossalari haqida ma'lumot beradi.
  • Don va don mahsulotlari: Donning anatomik tuzilishi, kimyoviy tarkibi, guruhlanishi, yorma, un va non mahsulotlari, makaronlar haqida ma'lumotlar beradi. Ishlab chiqarish texnologiyalari haqida malumotlar berilgan.
  • Ho'l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari: Meva va sabzavotlarning kimyoviy tarkibi, guruhlanishi, yangi va qayta ishlangan mahsulotlar, ularni saqlash usullari haqida malumot beradi.
  • Kraxmal, shakar, qand va qandolat mahsulotlari: Kraxmal, shakar, qand va qandolat mahsulotlarining turlari, kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyalari va assortimenti haqida ma'lumot beradi.
  • Lazzatli mahsulotlar: Lazzatli mahsulotlarning umumiy tavsifi va guruxlanishi: Spirtli ichimliklar, pivo, qahva, choy, zirovorlar va oziq-ovqat kislotalari.
  • Ozuqabop yog'lar: O'simlik va hayvon yog'larining ahamiyati, kimyoviy tarkibi va assortimenti haqida malumot beradi. Margarin va mayonezlar haqida malumotlar berilgan.
  • Sut va sut mahsulotlari: Sutning kimyoviy tarkibi va xossalari, sut mahsulotlarining turlari, ishlab chiqarish texnologiyalari va assortimenti haqida ma'lumot beradi.
  • Tuxum va tuxum maxsulotlari: Tuxumning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, guruxlanishi va ularni qayta ishlash jarayonlari haqida malumot beradi.
  • Go'sht va go'sht maxsulotlari: Go'sht turlari, tamgalash, kimyoviy tarkibi, sovuq va muzlatilgan go'shtni saklash va ularga texnologik ishlov berish haqida malumot beradi.
  • Baliq va baliq mahsulotlari: Baliqlarning guruxlanishi, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash va ularga ishlov berish haqida malumot beradi.