Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

O`quv qo`llanma avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi, ularga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlarini tashkil etish masalalarini yoritadi. Kitobda ta`lim standartlari asosida avtomobilsozlik, texnik xizmat ko`rsatish texnologiyalari, texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta`mirlash texnologiyalari borasida ma'lumotlar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Avtomobillarning texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o`zgarishi: Ushbu mavzuda tashqi muhitni bir qator omillari (yuklama, tebranish, namlik, havo oqimi, avtomobilga tushgan chang va iflosliklar, harorat ta`siri) avtomobillarga ta`sir ko`rsatishi, detal yeyilishi, plastik deformatsiya, charchashdan shikastlanish, korroziya va detal materialini fizik-kimyoviy o`zgarishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash tizimi: Ushbu mavzuda texnik xizmat ko`rsatishning maqsadi va vazifalari, TXK va T turlari, ishlar tasnifi va me`yorlari, ta`mirlash ishlari hajmi, Respublikamiz sharoitida transport vositalariga TXK va T me`yorlari va ularga o`zgartirishlar kiritish kabi masalalar yoritilgan.
  • Kabina va kuzovlarga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi: Ushbu mavzuda kuzov va kabinalarda uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar, zanglagan va shikastlangan joylarni bartaraf etish, korroziyaga qarshi qoplamalarni tiklash, shikastlangan lok-bo`yoq qatlamlarini tiklash hamda TXK ishlari texnologiyasi haqida so`z yuritiladi.
  • Avtomobil dvigateliga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi: Dvigatel nosozliklari va ularning kelib chiqish sabablari, texnik holatini avtomobilda tekshirish, dvigatelni avtomobildan yechib olish va o`rnatish, KSHM va GTMda uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar, KSHM va GTM ga TXK va T ishlari texnologiyasi, KSHM va GTM ni ta`mirlash ishlari texnologiyasi haqida malumotlar keltirilgan.
  • Avtomobil dvigatelining sovutish va moylash tizimiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi: Moylash tizimi nosozliklari, moylash tizimiga texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta`mirlash, sovutish tizimi nosozliklari va texnik xizmat ko`rsatish hamda ularni bartaraf etish yollari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Avtomobil dvigatelining yonilg'i ta'minlash tizimiga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi: Ushbu bobda karbyuratorli dvigatellarni ta`minlash tizimida uchraydigan nosozliklar, dizelli dvigatellarni ta'minlash tizimi va gaz balonli avtomobillarga texnik hizmat ko'rsatish va tamirlash texnologiyalari haqida malumot berilgan.
  • Transport vositalarini elektrojihozlariga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi: Akkumulyatorlar batareyalari, ularga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash, batareyali o`t oldirish tizimi, elektr jihozlari bo`yicha nazorat-diagnostika va sozlash ishlari hamda Generator, startyor, elektr simlari, nazorat-o`lchov va yoritish asboblariga texnik hizmat ko`rsatish va ularni tamirlash yollari haqida ma'lumot berilgan.
  • Transport vositalarini transmissiya agregat va mexanizmlariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi: Ushbu mavzuda ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, asosiy uzatma va differensial agregat va mexanizmlariga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash yollari haqida ma'lumot berilgan.
  • Avtomobilning boshqaruv mexanizmlariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash ishlari texnologiyasi: Ushbu bobda rul boshqarmasi, tormoz tizimiga texnik hizmat ko`rsatish va ularni ta`mirlash texnologiyasi keltirib o`tilgan.
  • Turli tabiiy-iqlim sharoitlarida avtomobillardan foydalanishni taminlash: Mazkur mavzuda ekstremal iqlim sharoitlari, harorat, issiqlik va tog`lik sharoitida avtomobillardan foydalanishni ta`minlash yollari korsatilgan.
  • Maxsuslashtirilgan harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashni o'ziga xos xususiyatlari: Mazkur bobda maxsuslashgan avtomobillarga texnik xizmat korsatish yollari o`rgatilgan.
  • ATKlarida Moddiy-texnika ta'minoti: Ushbu mavzuda material-texnik ta`minotining asosiy vazifalari, transport vositalarini ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta`minlash, ularni tashish, saqlash va tarqatish masalalari yoritilgan.
  • Avtomobillarni atrof-muhitga, aholiga va Ishlovchilarga me'yoriy ta'sirini ta'minlash: Bu bobda transport vositalarining ekologikligi, atrof-muhitga salbiy ta`siri, benzinli va dizelli dvigatellarda chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish usullari bayon qilingan.