Qurilishni tashkil qilish va rejalashtirish (1-qism
Ushbu kitob qurilishni tashkil etish va rejalashtirishga bag'ishlangan bo'lib, qurilish kurs loyihalari va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalarni o'z ichiga oladi. Unda qurilish jarayonini rejalashtirish, bosh reja tuzish, tarmoqli grafiklar tuzish va tahlil qilish, materiallar va resurslarga bo'lgan talabni aniqlash kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitob qurilish sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- To`rsimon grafiklar, qurilish bosh rejasini tuzish va ularning mohiyati: Kalendar rejalashtirishning ahamiyati, to'rsimon grafik va chiziqli rejalarning afzalliklari, qurilishni rejalashtirishda komputerlardan foydalanish imkoniyatlari
- Kurs loyihasining tarkibi: Chizma materiallarga qo'yiladigan talablar, tushuntirish xatining tuzilishi va unda yoritilishi kerak bo'lgan masalalar (kirish, qurilish maydonining ta'rifi, qurilish ishlarining hajmi, materiallarga ehtiyoj, qurilish bosh rejasi, xavfsizlik texnikasi, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati).
- Ish hajmini aniqlash: Qurilish-montaj ishlarining hajmini aniqlash usullari, yig'ma tuzilmalarning tafsiloti ro'yxatini tuzish
- Mashina va mexanizmlarni tanlash: Qurilish mashinalari va mexanizmlarini tanlash, qurilish montaj ishlarini bajarish uchun montaj ko'targichlarini tanlash, qurilish -montaj ishlariga mexnat sarfi va mashinalar vaqti sarfini aniqlash
- Tarmoqli grafikni hisoblash: To'rsimon grafik elementlari, tarmoqli grafikni tuzish qoidalari, vaqt zaxiralarini aniqlash, to'rsimon grafikni bo'lma, potensiallar va jadval usullarida hisoblash, kompyuterlar yordamida hisoblash.
- Resurslar bilan ta'minlash: Qurilishda ishchilariga bo'lgan talabni aniqlash, mashina va mexanizmlarning ish kunini aniqlash, asosiy qurilish materiallari, tuzilmalari, va yarim tayyor maxsulotlarga bo`lgan extiyojni xisoblash, materiallarining qurilish maydonida saqlanishi xajmi aniqlanadi.