Moliyaviy hisobotning va unung mohiyati.

Ushbu kitob moliyaviy hisobotning mohiyati, tuzilishi, va ahamiyatini ochib beradi. Moliyaviy hisobot turlari, ularning tuzilish tamoyillari, hamda korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari ko'rib chiqilgan. Kitob, buxgalteriya hisoboti bilan shug'ullanuvchi talabalar, buxgalterlar, moliyachilar va boshqa mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi: Moliyaviy hisobotning ahamiyati, uning foydalanuvchilari va tuzilish tamoyillari. Moliyaviy hisobot turlari (balans, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot, pul oqimi to'g'risidagi hisobot, xususiy kapital to'g'risidagi hisobot) va ularning asosiy elementlari.
  • Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish: Moliyaviy hisobotlarni o'z vaqtida tuzish, buxgalteriyaning barcha bo'limlari ishlarini bajarish muddatlarini va xisob registrlarni yuritish tartibini o'rganish.
  • Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi: Balansning tuzilishi, aktiv va passiv moddalari, ularning mazmuni. Korxonaning moliyaviy holatini baholashda balansdan foydalanish.
  • Asosiy vositalar harakati to'g'risidagi hisobotni tuzish: Asosiy vositalar harakati to'g'risidagi hisobotning tuzilishi, asosiy vositalarning turlari bo'yicha harakatini aks ettirish.
  • Pul oqimi to'g'risidagi hisobotni tuzish va uni to'ldirish: Pul oqimi to'g'risidagi hisobotning ahamiyati, operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat bo'yicha pul oqimlarini aks ettirish.
  • Xususiy kapital to'g'risidagi hisobotni tuzish: Xususiy kapital to'g'risidagi hisobotning ahamiyati, aksiyalarning qiymatini baholash usullari.