O’zbekiston iqtisodiyoti
Mazkur kitob iqtisodiyot faniga oid bo'lib, unda O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishi, rivojlanishi, asosiy ko'rsatkichlari, tarmoqlari, va rivojlanish istiqbollari keng yoritilgan.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston iqtisodiyotiga kirish: Fanning maqsadi, vazifalari, predmeti, o'rganish usullari va boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqalari.
- Iqtisodiy taraqqiyotning “Oʻzbek modeli”: Bozorga oʻtishning zarurligi, shakllanish omillari va shart-sharoitlari, mazmuni, tamoyillari va bosqichlari. Islohotlarning strategik yoʻnalishlari.
- Milliy iqtisodiyot rivojlanishining asosiy koʻrsatkichlari: Milliy hisoblar tizimi, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar (YaIM, YaMM), ularni hisoblash usullari, SMM, MD, TD, proporsiyalar, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy oʻsish.
- Oʻzbekistonning demografik salohiyati: Aholining tabiiy o'sishi, tarkibi, geografik joylashuvi, migratsiya jarayonlari, mehnat resurlari, iqtisodiy faol aholi va mehnat bozori.
- Mineral-xom ashyo resurslari: Mineral-xom ashyo salohiyati, tasnifi, joylashishi, ahamiyati iqtisodiy rivojlanishda, tog'-kon sanoati majmuasi, tabiiy boyliklarni boshqarish mexanizmi.
- Yer va suv salohiyati: Yerning iqtisodiy resurs sifatidagi ahamiyati, tarkibi, tasniflanishi, kadastri, boniteti va undan foydalanish xususiyatlari, suv resurslari va ulardan foydalanish mexanizmi.
- Oʻzbekistonning ilmiy-texnika va innovatsiya salohiyati: Ilmiy-texnika taraqqiyotining mohiyati, ilmiy va innovatsion salohiyat, fan va ta'lim tizimini isloh qilish muammolari.
- Iqtisodiyotning hududiy salohiyati: O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hududiy xususiyatlari, mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyati va ulardan samarali foydalanish yoʻnalishlari, hududiy tafovutlar va ularni yumshatish yoʻllari.
- Sanoat majmuasi: Milliy sanoat ishlab chiqarishining mohiyati, shakllanishi, tarmoq va hududiy tarkibi, rivojlanish bosqichlari, sanoatlashuv va sanoatlashtirish strategiyalari.
- Agrosanoat majmuasi: Agrosanoat majmuasi va uning tarkibiy qismlari, agrar munosabatlarni takomillashtirish bosqichlari, qishloq xoʻjaligi rivojlanishi va mahsulotlarni qayta ishlash muammolari, mexanizatsiyalashtirish.
- Transport majmuasi: Transportning milliy iqtisodiyotda tutgan oʻrni, rivojlanish koʻrsatkichlari, transport turlari, rivojlantirish yoʻnalishlari, transport majmuasini modernizatsiyalash va integratsiyalashuv.
- Aloqa va telekommunikatsiya majmuasi: Aloqa va telekommunikatsiya majmuasining Oʻzbekiston iqtisodiyotida tutgan oʻrni, rivojlanish tendensiyalari va xususiyatlari.
- Qurilish majmuasi: Kapital qurilish, uning yoʻnalishlari va xususiyatlari, investisiya-qurilish majmuasi, uni rivojlantirish imkoniyatlari va samaradorligini oshirish yoʻllari.
- Iste'mol bozori: Iste'mol bozori, uning mohiyati va tarkibi, rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar, chakana savdo, iste'mol tovarlari savdosi dinamikasi.
- Xizmat ko'rsatish sohasi: Xizmat ko'rsatish sohasining mohiyati, tarkibiy tuzilishi, aholiga pullik xizmat koʻrsatish dinamikasi va rivojlanish xususiyatlari.
- Investitsiyalar: Investisiyalarning mohiyati, turlari, ahamiyati, moliyalashtirish manbalariga koʻra taqsimlanishi va investisiyalarning samaradorligi.
- O'zbekiston iqtisodiyotida mulk munosabatlari: Mulk munosabatlari milliy iqtisodiyotning asosi sifatida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bosqichlari va xususiy sektorning oʻrni.
- Oʻzbekiston iqtisodiyotida raqobat va monopoliya: Raqobat, uning mohiyati, turlari va monopolist raqobat, raqobat muhitini shakllantirish va takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari.
- Davlat va xususiy sektor hamkorligi: Davlat va xususiy sektor hamkorligining mohiyati, fan, ta'lim, ishlab chiqarish va moliya sohalarining integratsiyasi.
- Oʻzbekiston iqtisodiyotida korporatsiyalar: Korporatsiyalarning mohiyati, oʻrni va roli, korporatsiyalar rivojlanishi va faoliyatni rivojlantirish yoʻnalishlari.
- Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik: Kichik biznesning mohiyati, afzalliklari, rivojlanishining me'yoriy-huquqiy asoslari, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishiga ta'siri.
- Oʻzbekiston moliya-byudjet tizimi: Moliya, moliya munosabatlari, moliya tizimi va siyosati, davlat byudjeti va uni takomillashtirish yoʻnalishlari.
- Davlat soliq siyosati: Soliqqa tortishning mohiyati, soliq yuki, xoʻjalik sub'ektlari iktisodiy faolligini ta'minlashda ahamiyati va takomillashtirish yoʻnalishlari.
- Kredit-bank tizimi: Kreditning paydo boʻlishi, tashkil qilish asoslari, banklar va pul-kredit siyosati, qimmatli qogʻozlar bozori.
- Qimmatli qogʻozlar bozori: Qimmatli qogʻozlarning xususiyatlari, aksiyaning mohiyati, veksel va depozit sertifikatlari.
- Oʻzbekiston iqtisodiyotining ijtimoiy yoʻnaltirilganligi: Kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning sabablari, Oʻzbekiston ijtimoiy siyosatining yoʻnalishlari, aholini ijtimoiy himoyalash.
- Oʻzbekiston aholisining hayot darajasi va sifati: Turmush sifati va shart-sharoitlari, aholi turmush darajasi, real va nominal daromad, iste'mol savati va aholi turmush darajasini oshirish yo'llari.
- Oʻzbekiston jahon iqtisodiyoti tizimida: Ochiq iqtisodiyotga oʻtish, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi savdo, tashqi iqtisodiy munosabatlarni boshqarish vositalari va dastaklari.