Variatsiya ko`rsatkichlari
Ushbu kitob statistika fanining muhim qismi bo'lgan variatsiya ko'rsatkichlariga bag'ishlangan. Unda variatsiya tushunchasi, uni o'lchash usullari, formulalari va amaliyotda qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Kitobda turli statistik usullar bilan birga, variatsiyani hisoblashda zarur bo'lgan matematik formulalar, jadval va misollar keltirilgan. Shu bilan birga, kitob o'quvchilarga iqtisodiy va ijtimoiy hodisalarni tahlil qilishda ushbu ko'rsatkichlardan qanday foydalanishni o'rgatadi. Kitob so'ngida foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Variatsiya ko'rsatkichlari haqida tushuncha: Variatsiya - statistik toʻplamda sodir boʻladigan obyektiv miqdoriy va sifat o'zgarishlar natijasidir. U toʻplam birliklari bo'yicha o'rganilayotgan belgi yoki belgilar qiymatlarida kuzatiladigan tebranuvchanlik, oʻzgaruvchanlikni bildiradi.
- Variatsiya darajasi: Variatsiya darajasi mutlaq va nisbiy koʻrsatkichlar tizimi orqali oʻlchanadi. Uning asosiy me'yorlari boʻlib dispersiya va kvadratik o'rtacha tafovut, mutlaq o'rtacha tafovut, variatsion kenglik va variatsiya koeffitsiyentlari xizmat qiladi.
- Variatsion kenglik: Variatsiya kengligi taqsimot qatorining eng katta va eng kichik variantalari orasidagi farqdir.
- Variatsiya ko'rsatkichlarini hisoblash formulalari: Oddiy o'rta arifmetik, Tortilgan o'rtacha, Variatsion kenglik, O'rtacha chiziqli chetlanish, Dispersiyani hisoblash, O`rtacha kvadratik chetlanish, Variatsiya koeffitsiyenti formulalari keltirilgan.
- Variatsiyani qo'llash sohalari: Iqtisodiy jarayonlarni o'rganish, jamiyat sotsial tuzilishidagi o'zgarishlar, aholini ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashishi, davlat sotsial siyosatini baholash kabi sohalarda qo'llaniladi.