O'zbekiston tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi tomonidan tayyorlangan "O'zbekiston tarixi" fanidan ma'ruzalar matnidir. Unda O'zbekiston tarixining qadim zamonlardan mustaqillik davrigacha bo'lgan asosiy voqealari va jarayonlari, shuningdek, mustaqillik yillaridagi taraqqiyot masalalari ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- O'zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati: Ushbu mavzuda O'zbekiston tarixining predmeti va obyekti, fanning maqsad va vazifalari, nazariy-metodologik asoslari, davrlashtirish, tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati, O'zbekiston tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi o'rni va roli kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
- O'zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o'choqlaridan biri: O'rta Osiyo jahon antropogen mintaqalaridan biri sifatida, Paleolit davri va uning bosqichlari, O'rta Osiyoda Mezolit davri tosh industriyasining xususiyatlari, Neolit va Eneolit davri, Shaharsozlik elementlarining ilk bosqichi, Bronza va Temir davri. Xo'jalik taraqqiyoti va mulkiy tabaqalanishning vujudga kelishi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.
- O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari: Davlatchilikning asosiy omillari, qadimgi Baqtriya, Xorazm, Sug'diyona, Ahmoniylar hukmronligi va Iskandar Zulqarnayn bosqini davrida O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, Qadimgi Yunon – Baqtriya, Parfiya, Qang', Davan (Parkana), Kushonlar davlati masalalari yoritilgan.
- O'zbek xalqining etnik shakllanishi: O'rta Osiyoning qadimgi aholisi, VI - VIII asrlardagi etnik – madaniy jarayonlar xususida, O'zbek xalqi etnogenezining keyingi davrlari. "O'zbek" atamasi xususida ma'lumotlar berilgan.
- Ilk oʻrta asrlar va ix-xii asrlarda oʻzbek davlatchiligi, siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy va madaniy hayot: Arablar hukmronligi davrida Oʻrta Osiyo, IX-XII asrlardagi oʻzbek davlatlarining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti, O'rta Osiyoda uyg'onish davri, uning vujudga kelishi sharoitlari va omillari, O'lkamizda ilm-fan va madaniyatning yuksalishi masalalari yoritilgan.
- Mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi: O'rta Osiyonnig mo'g'ullar tomonidan bosib olinishi, mo'g'ullar zulmiga qarshi ozodlik kurashlari, Chig'atoy ulusi va uning ijtimoiy- siyosiy hayoti, Jaloliddin Manguberdi faoliyati masalalari yoritilgan.
- Amir temur va temuriylar davrida oʻzbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot: XIV asrning oʻrtalarida Movarunnahrda siyosiy vaziyat, Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi. Davlatchilik asoslari, Amir Temurning harbiy yurushlari. Tashqi siyosa-T., Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Temuriylar davrida fan va madaniyat, me'morchilik masalalari yoritilgan.
- Turkistonning xonliklarga boʻlinib ketishi, uning sabablari va oqibatlari: Oʻrta Osiyo hududlarining parchalanishga yuz tutishi va uning sabablari, XV-XVI asr boshlarida Movarounnahr ijtimoiy – siyosiy vaziyati, Oʻrta Osiyoning xonliklarga bo'linib ketish oqibatlari masalalari yoritilgan.
- Chor rossiyasining turkistonni bosib olishi. Chorizm istibdodiga qarshi turkiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi. Jadidchilik: Chor Rossiyasining turkistonni bosib olishi va uni boshqarishning mustamlaka tizimi, Turkistonning xom ashyo bazasiga aylantirilishi va oʻlkada Chor Rossiyasi iqtisodiy hamda siyosiy manfatlarining amalga oshirilishi, milliy ozodlik harakatining boshlanish va uning bosqichlari. Turkistonda jadidchilik harakatining olib borgan ishlari masalalari yoritilgan.
- Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining oʻrnatilishi va unga qarshi qurolli harakat: Rossiyada 1917 yil voqealari: Turkistonda siyosiy jarayonlarning jadallashuvi, Turkiston Muxtoriyati-tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich. Sovet hokimiyatining Oʻrta Osiyoda majburiy oʻrnatilishi va unga qarshi qurolli harakat masalalari yoritilgan.
- Sovet hokimiyatining oʻzbekistonda amalga oshirgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati: Respublikada sanoat taraqqiyoti va uning kamchiliklari, sanoatlashtirish, milliy manfaatlarning kamsitilishi, yangi shaharlar, rejalashtirish, yutuqlar va nuqsonlar, oqibatlari masalalari yoritilgan. Sovet davlatining Oʻzbekistondagi agrar siyosati. Paxta yakkahokimligining shakllanishi. Yer-suv islohotlari, agrar siyosat, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, quloqlashtirish, paxta yakkahokimligi, ekologik mutanosiblikning buzilishi, Orol fojiasi masalalari yoritilgan.
- Sovet hokimiyati davrida oʻzbekistonning ma'naviy-madaniy qaramligi va uning oqibatlari: Respublikada sanoat taraqqiyoti va uning kamchiliklari, sanoatlashtirish, milliy manfaatlarning kamsitilishi, yangi shaharlar, rejalashtirish, yutuqlar va nuqsonlar, oqibatlari masalalari yoritilgan. Sovet davlatining Oʻzbekistondagi agrar siyosati. Paxta yakkahokimligining shakllanishi. Yer-suv islohotlari, agrar siyosat, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, quloqlashtirish, paxta yakkahokimligi, ekologik mutanosiblikning buzilishi, Orol fojiasi masalalari yoritilgan.
- Mustabid sovet tuzumining oʻzbekistondagi qatag'onlik siyosati va uning oqibatlari: Sobiq ittifoqda ma'muriy buyruqbozlik-byurokratik tuzumning shakllanishi. Stalin shaxsiga sig'inishning boshlanishi, 20-30 yillarda shoʻro hukumatining Oʻzbekistonda yuritgan qataqonlak siyosati va uning oqibatlari. 40-50 yillardagi qatag'onliklar, uning 80-yillardagi yangi ko'rinishlari. Qatag'onlik siyosatining salbiy oqibatlari masalalari yoritilgan.
- Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi: Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. Oʻzbekistonning kuch va vositalarining urushga safarbar etilishi. SSSRning frontga yaqin g'arbiy viloyatlaridan Oʻzbekistonga sanoat korxonalari, ilmiy madaniy muassasalar va bolalarni ko'chirib keltirilishi. Urush yillarida Oʻzbekiston sanoati, qishloq xoʻjaligi hamda fan va madaniyati. Oʻzbekistonlik jangchilarning frontdagi jasoratlari masalalari yoritilgan.
- Sovetlar imperiyasining tanazzulga yuz tutishi va oʻzbekistonda davlat mustaqilligining qoʻlga kiritilishi va huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi: SSSRning tanazzulga yuz tutishi va qayta qurish» yillarida Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayo-T., Oʻzbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati. Islom Karimov Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti. Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi masalalari yoritilgan.
- Mustaqillik yillarida oʻzbekistonning iqtisodiy, ma'naviy, madaniy taraqqiyoti. Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati: Oʻzbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi uning yoʻnalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Iqtisodiyotda yuz bergan tarixiy oʻzgarishlar, bozor infratuzilmasining shakllanishi. Qishloq xoʻjaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yoʻnalishlari. Moliya-bank tizimi. Mustaqillik yillarida ma'naviy va ma'rifiy hayot-T., Milliy istiqlol g'oyasi va mafkuraviy masalalar. Mustaqillik yillarida fan va madaniyatning rivojlanishi. Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga qoʻshilishi masalalari yoritilgan.