Spоrt musоbaqalarini tashkil qilish va o’tkazish mеtоdikasi

Ushbu kitob sport musobaqalarini tashkil qilish va o'tkazish metodikasiga bag'ishlangan bo'lib, unda sportchining musobaqa faoliyati, musobaqa faoliyatining tuzilishi va xususiyatlari, sportchining sport-texnik tayyorgarligini tekshirish usullari kabi masalalar ko'rib chiqiladi.

Asosiy mavzular

  • Sportchining musobaqa faoliyati: Yosh sportchilardan tortib mahoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqalar - sportchilar uchun rag'batlantiruvchi omil, irodani tarbiyalash, sport kurashiga o'rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o'rgatadi. Sportchining musobaqalarda ko'p qatnashishi tajribaga ega bo'lishligini amaliyot ko'rsatib turibdi.
  • Musobaqa faoliyatining tuzilishi: Har bir sport turidagi ta'minlash va amalga oshirish omillarini taxlil qilish, musobaqa faoliyatining natijalaridan kelib chiqqan holda harakterlarini aniqlaydi. Bellashuv faoliyatining parametrlarini harakterlovchi komponentlari o'zaro bog'liq va takomillashtirishda differentsial baholashni talab qiladi.
  • Musobaqa faoliyatining xususiyatlari: Raqobat darajasi va yutuqlariga bo'lgan talabni asta-sekin ortib borishi (sportchini yuqori darajadagi musobaqalarda natijalariga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir). Sportchilar harakatini bir xil shaklga keltirish orqali bellashuvlar, ularni bajarish sharoitlari haqidagi nizom, sport turlari bo'yicha musobaqa qoidalari bilan belgilanadi.
  • Musobaqada sportchining sport-texnik tayyorgarligini tekshirish usullari: Sport texnikasini o'rganish usullari o'z tarkibiga harakat unsurlarini (bosqichlar, bo'g'imlar harakati) tahlil natijasida alohida ayirib ko'rsatishga imkon beradigan kinematik va dinamik xususiyatli harakatlar tavsifini qayd etishning xilma-xil yo'llarini o'z ichiga oladi.