Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришини механизациялаштириш фани бўйича ўқув –услубий мажмуа
Ushbu o'quv-uslubiy majmua qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash fanini o'qitishda yordam beradi. Unda fanning maqsad va vazifalari, o'quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog'liqligi, o'qitish metodlari va texnologiyalari, baholash mezonlari, asosiy va qo'shimcha adabiyotlar, shuningdek, ilmiy manbalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Traktor va avtomobillar: Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan traktor va avtomobillarning tuzilishi, ish jarayoni, va ularning respublikamiz sharoitiga mos keladigan turlarini tanlashni o'rgatish. Dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqaruv mexanizmlari, ish va qo'shimcha jihozlar, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari.
- Qishloq xo'jalik mashinalari: Tuproqqa asosiy va sayoz ishlov berish, o'g'itlash, ekish va ko'chat o'tkazish, o'simliklarni himoya qilish, yem-xashak tayyorlash, hosilni yig'ishtirish, sug'orish ishlarida qo'llaniladigan mashinalarning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni.
- Mashina-traktor parkidan foydalanish: Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish haritasi, agregatlarni tuzish, kinematikasi, ish unumini aniqlash, ekspluatatsion materiallar sarfini hisoblash, texnologik harita tuzish, texnik xizmat ko'rsatish va saqlash.
- Elektryuritma qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida: Elekt energiya manbalari, turlari, tuzilishi va ahamiyati