2016-2017 o’quv yili uchun 4- sinf “Tabiatshunoslik” fanidan namunaviy yillik taqvimiy-mavzuiy rejalashtirish
Ushbu kitob 2016-2017 o'quv yili uchun 4-sinf "Tabiatshunoslik" fanidan namunaviy yillik taqvimiy-mavzuiy rejalashtirish bo'lib, darslik A.Bahromov va boshqalar tomonidan yozilgan va "Sharq" nashriyoti tomonidan 2015-yilda chop etilgan.
Asosiy mavzular
- I chorak: Yer - Quyosh sistemasidagi sayyoralar: Yulduzlar, Quyosh, sayyoralar, mayda osmon jismlari, Oy - Yerning tabiiy yoʻldoshi, Yer shari, Globus, kun va tun, yil fasllari haqida ma'lumotlar beriladi.
- II chorak: Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi: Ufq va uning tomonlarini aniqlash, xaritalar, Yer yuzining asosiy shakllari, Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, suv havzalari, oʻrmonlar mavzulari yoritiladi.
- III chorak: Vatanimiz boʻylab sayohat: Cho'llar, O'lkamiz togʻlari tabiati, Adirlar, Yer osti boyliklari, Qoʻriqxonalar, Vatanimiz xaritasi yonida, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tabiati, Namangan, Andijon va Farg'ona viloyatlari tabiati haqida ma'lumot beriladi.
- IV chorak: Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari tabiati, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tabiati, Buxoro va Navoiy viloyatlari tabiati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati tabiati, O'lkamiz tabiatini asrang mavzulari yoritiladi.