Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 3-4-sinflari uchun mehnat fanidan o’quv dasturi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining 3-4-sinflari uchun mehnat ta'limi fanidan o'quv dasturidir. Dasturda mehnat ta'limining maqsad va vazifalari, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish yo'llari ko'rsatilgan.
Asosiy mavzular
- 3-sinf: Qog'oz va karton bilan ishlash: Qog'ozdan turli parrandalar, geometrik shakllar, lola, qo'ziqorin, sichqon, o'yinchoqlar, gerlandiyalar, archa bezaklarini yasash, mozaika usulida o'yinchoqlar yasash, rasm uchun ramka, gullar, hajmdor gul, applikatsiya usulida tabriknomalar yasash.
- 3-sinf: Gazlama va tolali materiallar ishlash: Ichki choklar, qo'l, mashina va bezak choklarini tikish, yumshoq o'yinchoqlar yasash (ilon, jo'ja, pingivin, ayiq va boshqalar), andoza tayyorlash, bichish, qirqimlarga ishlov berish, tikish, bezash.
- 3-sinf: Texnik modellash: Turli harakatli o'yinchoqlar yasash.
- 3-sinf: Plastilin va loy ishi: Plastilin yoki loydan turli idishlar, hayvonlar, o'yinchoqlar yasash.
- 3-sinf: Turli materiallar bilan ishlash: Tabiiy va chiqindi materiallardan turli o'yinchoqlar yasash.
- 3-sinf: Badiiy qurish-yasash: Tabiiy xom-ashyolardan applikatsiya usulida, urug'lardan mozaika qurish, "Qush bolasi bilan", "Yil fasllari" kompozitsiyasini yasash.
- 3-sinf: Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: Kashtalarning mahalliy turlari, kashtachilikda ishlatiladigan chok tirlari (yarim krest, krest va juft krest). Sochiqni krest choki bilan bezash.Gul va barg tasvirini ilgakli chokida, Qo`ziqorin tasvirini zanjir choklarida tikish. To`qish usullari spitsa haqida ma`lumot. Spitsa bilan ishlash usullari. Bobonchik va kist tayyorlash.
- 4-sinf: Qog'oz va karton bilan ishlash: Ish qurollaridan xavfsizlik qoidalari asosida unumli foydalanish. Qog'ozlarni murakkab shakllarda buklab o'yinchoqlar yasash. Duradgorlik va temirchilik kasb-hunarlari haqida ma'lumot. Turli buyumlar savat, qaldirg'och, kabutar, xo`roz yasash.
- 4-sinf: Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash: Texnika xavsizlik qoidalari. Gazlama gullaridan applekatsiya usulida guldasta tayyorlash. Ipdan o`yinchoq yasash. Ko`klash va biriktiruvchi choklar haqida tushuncha. Ko`klash va biriktiruvchi choklardan namunalar tikish. Yumshoq o`yinchoqning murakkab turlarini bichish va tikish.
- 4-sinf: Texnik modellash: Uchuvchi, suzuvchi va harakatlanuvchi texnik modellar yasash.
- 4-sinf: Plastilin va loy ishi: Plastilin bilan ishlash. Ertak qahramonlarini yasash. Oshxona jihozlari bilan tanishtirish. Plastilindan oshxona jihozlari yasash. Uy-ro`zg`or buyumlari bilan tanishtirish. Plastilindan uy-ro`zg`or buyumlari yasash.
- 4-sinf: Turli materiallar bilan ishlash: Kuzgi gullarga qarab donlardan, urug`lardan gul, tabiiy material, xomashyolardan gullar yasash. Gullarni o`stirish.
- 4-sinf: Badiiy qurish-yasash: Urug'lardan mozaika usulida turli hayvonlarni qurish-yasash. Mustaqil ravishda tabiiy xomashyolardan kvadrat ichida naqsh qurish- yasash. Duradgorlik asboblari bilan tanishtirish. Turli idishlar yasash va uni bezash.
- 4-sinf: Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi: To`qish usullarida shartli belgilar haqida ma`lumot. Sho`l bargi chokini to`qish. O`g`il bolalar uchun shapka, sharf to`qish. Rom usulida sharf to`qish. Bostirma gul chokini to`qish.