Fizika fani chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 4-sinfi uchun matematika fanidan o’quv dasturi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, fizika fani chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining 4-sinflari uchun matematika fanidan o'quv dasturini o'z ichiga oladi. Dasturda o'quv soatlarining taqsimoti, o'quv dasturi materiallari, mavzular va ularning mazmuni batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Minglik: 3-sinfda oʻtilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish, to'rt arifmetik amal, uch xonali sonlarni qoʻshish va ayirishning yozma usullari, bir xonali va ikki xonali sonlarga koʻpaytirish va boʻlish, qoldiqli boʻlish va oʻrganilgan turdagi masalalarni yechish.
  • 1 dan 1 000000 gacha boʻlgan sonlar. Raqamlash: Koʻp xonali sonlarni oʻqish, yozish va taqqoslash, birlar va minglar sinfi, oʻnli sanoq sistemasi, raqamning oʻrin qiymati, koʻp xonali sonni uning xona qoʻshiluvchilarining yig'indisi ko'rinishida ifodalash, sonni 10, 100, 1000 marta orttirish (kamaytirish), Rim raqamlari, tengsizliklar va qoʻsh tengsizlik, arifmetik amallar natijalarini chamalash.
  • Koʻp xonali sonlarni qoʻshish va ayirish: Qo'shish va ayirish (bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish); qo'shish va ayirish bilan yechiladigan masalalar, qoʻshiluvchilarning oʻrinlarini almashtirish va guruhlash, yigʻindi va qoʻshiluvchilar orasidagi bog'lanish, kamayuvchi, ayriluvchi va ayirma orasidagi oʻzaro bog'lanishlar, qo'shish va ayirishni tekshirish usullari, tenglamalarni yechish, koʻp xonali sonlarni ogʻzaki qoʻshish va ayirish.
  • Oʻlchov birliklari: Uzunlik birliklari: millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr. Yuz birliklari: kvadrat millimetr, kvadrat santimetr, kvadrat detsimetr, kvadrat metr, kvadrat kilometr, ar, gektar. Massa birliklari: gramm, kilogramm, sentner, tonna. Vaqt birliklari: sekund, minut, soat, sutka, oy, yil, asr.
  • Koʻp xonali sonlarni koʻpaytirish va boʻlish: Ko'paytirish va boʻlish (bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish); koʻpaytirish va boʻlish amallari bilan yechiladigan masalalar; ko'paytirish va bo'lishning komponentlari va natijalari orasidagi oʻzaro bog'lanishlar; koʻpaytirishning oʻrin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossasalari; yigʻindini songa va sonni yigʻindiga koʻpaytirish, yig'indini songa boʻlish va sonni koʻpaytmaga koʻpaytirish va boʻlish.
  • Mulohazalar: Sonlarning 2ga, 4ga, 5 ga va 10 ga bo'linish alomatlari. 3ga, 6ga va 9 ga bo'linish alomatlari. Sonning bo'luvchilari to'plami. Berilgan songa bo'linadigan sonlar to'plami. Mulohaza va uning qiymati. Mulohazalar tuzish; ularning qiymatlari. Rostlik jadvallari. Mantiqiy imkoniyatlar. Masalalar yechish.