Gidravlika
Ushbu kitob "Gidravlika va gidravlik mashinalar" fani bo'yicha ta'lim texnologiyalarini yoritadi. Kitob oliy ta'lim muassasalari talabalari, texnik kasb xunar kolledjlari talabalarini o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo`llash jarayonlari uchun mo`ljallangan. U fan asoslarini o'qitishning kontseptual asoslari, dolzarbligi, ahamiyati va metodikasini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Suyuqliklarning xossalari: Suyuqliklar va ularning fizik xossalari, ideal va real suyuqliklarning asosiy fizik xossalari. Suyuqlikka ta'sir etuvchi kuchlar va kavitatsiya hodisasi.
- Gidrostatika: Gidrostatik bosim va uning xossalari, gidrostatik bosim kuchi. Tinch holatdagi suyuqlikning tenglamasi va Paskal qonuni.
- Gidrodinamika asoslari: Gidrodinamikaning asosiy tushunchalari, traektoriya, oqim chizig'i, elementar oqim naychasi. Suyuqlik oqimining gidravlik elementlari, naporli va naporsiz harakat.
- Suyuqlik harakatining rejimlari: Real suyuqlik oqimining ikki xil harakat tartibi, Reynolds soni, gidravlik silliq va g'adir-budur o`zan devori. Quvurlarda suyuqliklarning harakati.
- Gidravlik mashinalar: Gidravlik mashinalar xaqida umumiy tushunchalar, ularning tavsifi, turlari, ishlatilish sohalari. Dinamik nasoslar, nasoslarning turlari, asosiy qismlari, ko`rsatkichlari va parametrlari.
- Gidroenergetik resurslardan foydalanish: Uzbekiston Respublikasining gidroenergetik zaxiralari, GESlarni tuzilishi va tabakalanishi, asosiy jixozlari.GES lardagi gidrodvigatellar. Aktiv va reaktiv gidrodvigatellari, parnametrlari.