Tizimli va amaliy dasturlash
Ushbu kitob tizimli dasturlash bo'yicha ma'ruzalar to'plami bo'lib, unda operatsion sistemalar, programmalash muhitlari, interfeyslar, modulli programmalash va ob'ektga yo'naltirilgan programmalash kabi asosiy tushunchalar va texnologiyalar batafsil yoritilgan. Kitob talabalar va dasturlashga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Programma ta'minoti strukturasi: EHM arxitekturasi, programma ta'minoti turlari, tizimli va amaliy programma ta'minoti, sistemaviy programmalash, operatsion tizimlar va vositalar kabi asosiy tushunchalar ko'rib chiqiladi. Hisoblash sistemasi (HS) ning tuzilishi va asosiy komponentalari, yani aparat vositalari (hardware) va programma ta'minoti (software) haqida malumot beriladi.
- Operatsion sistema turlari va tarkibi: Operatsion sistemaning ta'rifi, xususiyatlari, asosiy vazifalari va kompanentalari, ShK operatsion tizimlari, MS-DOS tizimi, Windows sistemasi va ularning qulayliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Boshlang'ich yuklash bloki, FAT, yadro, qobiq, drayver, reestr, dispatcher tushunchalari yoritilgan.
- Tizimni konfiguratsiyalash usullari: Operatsion tizim muhitini tashkil qilish sxemalari, config.sys va autoexec.bat fayllari, Windows sistemasi ish muhitini tashkil qilish usullari ko'rib chiqilgan. Operatsion muhit, muhit sxemasi, konfiguratsiya fayllari, boshqarish paneli, parametrlarini o'rnatish, interfeys tushunchalari haqida malumotlar beriladi.
- Programmalash tizimlari: Programmalash tizimining tarkibi, integrallashgan muhitlar, translyatorlar turlari, assemblerlar va yuklovchilar haqida malumotlar keltirilgan. Programmalash tizimi, komponentalar, integrallashgan muhitlar, transliyator, kampilyatsiya, interpretatsiya, assembler tushunchalari yoritilgan.
- Translyatsiya texnikasi: Translyatsiya sxemasi, tahlil va sintez, leksik va sintaksik tahlil, generatsiya vazifalari, optimallashtirish va xatolar turlari ko'rib chiqilgan. Sxema, analiz va sintez, leksika, sintaksis, semantika, generatsiya, optimallashtirish, xatolar turi tushunchalariga ta'riflar berilgan.
- Ta'minotning boshqa komponentalari: Programma va mashinaga bog'liqlik, assemblerlar va disassemblerlar, assembler bajaradigan vazifalari, zagruzchiklar va makroprotsessorlar haqida ma'lumotlar berilgan. assembler, yuklovchi, makros, psevdokamanda, disassembler, direktiva, tarjima bosqichlari, makroprotsessor tushunchalari yoritilgan.
- Interfeysni tashkil qilish: Interfeys tushunchasi va unga qo'yiladigan talablar, WIMP-interfeyslar, interfeysni standartlashtirish va instrumental vositalar haqida so'z yuritiladi. Interfeys, interfeys turlari, muloqotni loyihalash, WIMP-interfeyslar, piktogramma, IBM-standarti, standartlash tushunchalariga izoh beriladi.
- Klassik tizimli programmalash: Klassik tizimli dasturlash xususiyatlari, uzilishlar va ularning turlari, OSning uzilishlarini qayta ishlash moduli, yuqori darajali tillar va uzilishlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Uzilishlar OS moduli, uzulish vektori, BIOS funksiyalari, quyi darajali til, programma uzulishlari, apparat uzulishlari tushunchalari yoritiladi.
- Modullar kutubxonasini yaratish: Modulli programmalash asoslari, modul interfeysi va turlari, usulning qulayliklari, zamonaviy tillar va modulli dasturlash haqida ma'lumotlar berilgan. modul, interfeys, ob'ekt, bo'lim, abstrakt tip, modullarni boshqarish, modul spetsifikatsiyasi tushunchalari yoritiladi.
- Subjarayonlarni tashkil qilish: Katta hajmdagi programmalarni loyihalash muammolari, subjarayon va uni boshqarish, xotirani boshqarish va uni taqsimlash, subjarayonni boshqaruvchi dastur haqida ma'lumotlar berilgan. subjarayon, kucha, xotirani taqsimlash, uzulish, yakunlash kodi, xato turi tushunchalari yoritiladi.
- Overley programmalar: Zamonaviy muhitlar va overley programmalar, overley tashkil qilish bosqichlari, overleyni rasmiylashtirish, unit modulining roli, overley fragmentlar va bosh programma haqida ma'lumotlar berilgan. Overley, modul, fragmentlar, kompilyatsiya rejimi tushunchalari yoritiladi.
- Ob'yektga – mo'ljallangan programmalash xususiyatlari: Ob'ekt va uning xossalari, OMPning asosiy prinsiplari, texnologiyaning qulayliklari, texnologiyaning qo'llash bosqichlari haqida ma'lumotlar berilgan. Ob'ekt, maydon, metod, qobiqlash, vorislik, polimorfizm, virtual metod, konstruktor, destruktor tushunchalari yoritiladi.
- Vizual programmalash muhiti: Interfeysni tashkil qilish asoslari, integrallashgan muhit va interfeys, vizual texnologiya xususiyatlari, texnologiyaning instrumental vositalari, Delphi muhiti qulayliklari haqida ma'lumotlar berilgan. interfeys, integrallashgan muhit, oyna, forma, menyu, komponenta, holat, vizual programmalash, ilovalar tushunchalari yoritiladi.