Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi
Ushbu kitob milliy kurash va qo'l jangining turli aspektlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda kurashning tarixi, rivojlanishi, texnikasi, taktikasi, qoidalari va uslubiyati kabi mavzular yoritilgan. Kitob talabalarga, murabbiylarga va ushbu sport turiga qiziquvchilarga mo'ljallangan bo'lib, ularga kurashning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishda yordam beradi.
Asosiy mavzular
- Kurash tarixi: Kurashning qadimiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari, O'zbekistondagi o'ziga xos xususiyatlari, xalq bahodirlari va muhim bosqichlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Milliy kurash va qo'l jangining rivojlanish tarixi: Kurashning jahon nigohiga tushishi, ma'naviy qadriyatlardan biri sifatida o'rni, topilmalar va arxeologik dalillar asosida yoshini aniqlash, O'zbekistonda kurashning rivojlanishi va ahamiyati.
- Milliy kurash va qo'l jangi texnikasi va taktikasi: Texnik tayyorgarlik, harakatlarni amalga oshirish asoslari, mahoratni oshirish yo'llari, taktik tayyorgarlik, hujum va bellashuv taktikasi, musobaqalarda qatnashish taktikasi.
- Milliy kurash va qo'l jangi sportchilarining jismoniy tayyorgarligi: Kuch, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va ularni rivojlantirish uslubiyati, umumiy, yordamchi va maxsus tayyorgarlik.
- Milliy kurash va qo'l jangida tasniflash, tizimlashtirish va atamalari: Sport kurashida qo‘llaniladigan harakatlarning ko‘p turliligi sababli, ushbu sohada mutaxassislar o‘rtasida muloqot qilish maqsadida kurash texnikasining tasnifi hamda atamalari haqida malumotlar berilgan.
- Kurash sportida musobaqalarni tashkil etish va o'tkazish hamda hakamlik qoidalar: Musobaqa nizomi va turlari, hakamlar hay'ati, gigiyena, jihozlar, vazn toifalari, musobaqa iboralari.
- Milliy kurash va qo'l jangi sportida elementar texnuk harakatlar: Kurashning holatlari, Taqiqlangan ushlash va xarakatlar, ozini himoyalash va muvozanatdan chiqarish, oraliq masofalar, ushlashlar haqida malumotlar berilgan.