“Bitiruv malakaviy ish”ni yozish va himoya qilishlari bo’yicha o’quv – uslubiy qo’llanma
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universitetida Oliy ta'limning «Biznes boshqaruv» ta’lim sohasidagi «Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar» bakalavr yo'nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishlarini yozish va himoya qilishlari uchun qo'llanma sifatida yaratilgan.
Asosiy mavzular
- Bitiruv malakaviy ishga umumiy talablar: Talabalarning bitiruv malakaviy ishini bajarishning umumiy talablari, tashkil etish va nazorat qilish, maqsad va vazifalari belgilab berilgan.
- Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi: Bitiruv malakaviy ishlari mavzularining mohiyati, mavzularni ishlab chiqish, tasdiqlash va tanlash tartiblari bayon etilgan.
- Bitiruv malakaviy ishga rahbarlik: Bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilish tartibi, rahbarning vazifalari va mas'uliyati ko'rsatilgan.
- Bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi: Bitiruv malakaviy ishning mazmunini ochib berish, alohida bandlariga qo'yiladigan talablar, texnik talablar va rasmiylashtirish tartibi batafsil yoritilgan.
- Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish: Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi, davlat attestatsiya komissiyasining faoliyati va baholash mezonlari keltirilgan.