Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar (asosiy tushunchalar).

Ushbu bitiruv malakaviy ishi hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalarga bag'ishlangan. Unda hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar, tenglamaning yechimi, umumiy yechim, xususiy yechim, maxsus yechim tushunchalari yoritilgan. Differensial tenglamaning integrali tushunchasi berilgan va Koshi masalasining qo'yilishi o'rganilgan. Nazariy ma'lumotlarni kengroq tushuntirish maqsadida misollar yechib ko'rsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar: Tenglama va uning yechimi ta'rifi, aylantirilgan tenglama, simmetrik tenglama, birinchi tartibli oddiy differensial tenglamaning yechimi, yechimni aniqlash shartlari
  • Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglama uchun Koshi masalasining qo'yilishi: Koshi masalasi ta'rifi, yechimning yagonaligi, Eyler siniq chizig'i, yechimning mavjudligi va yagonaligi uchun yetarli shartlar
  • Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamaning umumiy yechimi: Umumiy, xususiy va mahsus yechimlar ta'rifi, parametr ko'rinishidagi umumiy yechim, umumiy yechimning geometrik talqini, o'rama integral egri chiziqlar, maxsus yechimlar
  • Differentsial tenglama integrali tushunchasi: Integral ta'rifi, umumiy integralni topish usullari, integrallashuvchi ko'paytuvchi, o'zaro bog'liqlik teoremasi, kvadraturalarda integrallashuv