Измерительная техника

Ushbu kitob o'lchash texnikasi va metrologiyaning asosiy tushunchalari, xatoliklarni baholash usullari, analog va raqamli o'lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, signal generatorlari, ko'prik usullari, shuningdek, turli xildagi signallarni tadqiq qilish va ularning parametrlarini o'lchash usullarini o'rganishga bag'ishlangan.

Asosiy mavzular

  • Metrologiya asoslari va o'lchovlar: Metrologiyaning asosiy tushunchalari, o'lchov birliklari tizimi, o'lchov xatoliklari va ularni baholash usullari ko'rib chiqiladi.
  • O'lchov asboblari: Voltmeterlar, ampermetrlar, ommetrlar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari va xarakteristikalari tahlil qilinadi. Analog va raqamli o'lchash asboblarining afzalliklari va kamchiliklari ko'rsatiladi.
  • Signal generatorlari: Turli xildagi signal generatorlarining (sinusoidal, impulьs, funksiya generatorlari) tuzilishi va ishlash prinsiplari, ularning asosiy xarakteristikalari ko'rib chiqiladi.
  • Ko'prik usullari: O'lchov ko'priklari yordamida qarshilik, induktivlik va sig'imni o'lchash usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi.
  • Signallarni tadqiq qilish va parametrlarini o'lchash: Turli xildagi signallarni (sinusoidal, impulьs, murakkab) vizualizatsiya qilish va ularning parametrlarini (amplituda, chastota, faza) o'lchash usullari o'rganiladi. Ossilloskoplar va ularning qo'llanilishi ko'rib chiqiladi.
  • Amplituda-chastota xarakteristikalarini o'lchash: Amplituda-chastota xarakteristikalarini (AXCh) o'lchash usullari va asboblari, AXChni avtomatlashtirilgan o'lchash usullari va ularning afzalliklari tahlil qilinadi.
  • Yarimo'tkazgichli diodlar va transistorlarning elektirik parametirlarini o'lchash: Yarimo'tkazgichli diodlar va transistorlarning elektirik parametirlarini o'lchash sxemalari ko'rsatilgan.