Теплоснабжение жилого квартала города Самарканд
Ushbu hujjat - O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Toshkent arxitektura-qurilish institutining injenerlik-qurilish infratuzilmasi fakulteti talabasi tomonidan tayyorlangan diplom loyihasining tushuntirish xati. Loyiha "Injenerlik kommunikatsiyalari qurilishi" yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun taqdim etilgan. Loyihaning mavzusi - "Samarqand shahrining turar-joy kvartallarini issiqlik bilan ta'minlash". Tushuntirish xati diplom loyihasining asosiy qismlarini, jumladan, issiqlik yuklamalarini hisoblash, issiqlik ta'minoti tizimini, gidravlik hisoblash va boshqa muhim jihatlarni o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Umumiy qoidalar va atamalar: Hujjatda issiqlik ta'minoti tizimlarining asosiy elementlari, klassifikatsiyasi va turlari keltirilgan.
- Kvartal uchun hisoblash: Kvartal ichidagi hisob kitoblar, talab etiladigan formulalar bilan taminlangan.
- Issiqlik yuklamalarini hisoblash: Turar joy va sanoat yuklamalari uchun issiqlik yuklamalarini hisoblash tartibi ko'rsatilgan.
- Gidravlik hisoblash: Gidravlik hisoblash, talab etiladigan koeffisentlar bilan taminlangan.
- Sifatli rostlash va issiqlikni rostlash: Issiqlikni togirlashning sifatli usullari haqida ma'lumot berilgan.
- Nasos tanlash: Tizim uchun nasoslarning qanday turlari bor va ularni tanlashning asosiy qoidalari keltirilgan.
- Kompesatorni hisoblash: Kompesatorni hisoblashning asosiy qoidalari va formulalari keltirilgan.
- Texnik iqtisodiy asoslash: texnik iqtisodiy asoslash bo'yicha baholash mezonlari keltirilgan.
- Pedagogika: Dars jarayonida talabalarni baholash va ularga to'g'ri yo'nalish berish mezonlari keltirilgan.