Stilizatsiya
Ushbu kitob "Loyihalash" fanidan "Stilizatsiya" mavzusidagi kurs ishini bajarish uchun uslubiy qo'rsatma bo'lib, unda talabalarga tabiat ob'yektlarini stilizatsiya qilish, ularni grafik va rangli tasvirlash, hamda sanoat buyumlari, reklama va emblemalarda qo'llash ko'nikmalarini o'rgatishga qaratilgan. Qo'rsatma talabalarga stilizatsiya asoslarini tushuntiradi, stilizatsiya usullarini ko'rsatadi, turli ob'yektlarni geometrik shakllarga moslashtirishni o'rgatadi hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun ilovalar bilan ta'minlaydi.
Asosiy mavzular
- Stilizatsiya haqida umumiy tushuncha: Tabiat ob'yektlarini soddalashtirib, eng ixcham ko'rinishlarda tasvirlash stilizatsiya deb ataladi. Stilizatsiya - tabiiy shakllarni qayta ishlash demakdir. Sanoat dizayni, reklama dizaynida, firma belgilarini yaratishda, tasviriy va amaliy san'atning barcha turlarida qo'l keladi.
- Tabiat ob'yektlarini tahlil qilish: Tabiat ob'ektlarini tahlil qilishda ularning harakterli harakatlari, tashqi ko'rinishdagi xarakterli formalari va formalarini geometrik shakllarga moslash kabi jihatlarga e'tibor qaratish kerak.
- Stilizatsiya. Tabiiy o'simlik turlarini naqsh elementlari holatida chizish: Insoniyat rivojlanish jarayonida o'zi uchun zarur bo'lgan jamiki buyumlarni badiiy bezab, takomillashtirib kelgan. Xalq amaliy san'atida bezak elementlari tabiatda uchrovchi o'simlik dunyosi gul, novda, barg va hayvonlar tasviri eng sodda ko'rinishlarda aks ettiriladi.