XI-XV асрларда Германиянинг ижтимоий-сиёсий аҳволи
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Guliston davlat universiteti talabasi Qurbonov Adhamning 2015 yilda yozilgan bitiruv malakaviy ishi. Unda XI-XV asrlarda Germaniyaning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, germaniyaliklarning muqaddas Rim imperiyasi tashkil topishi va undagi ijtimoiy siyosiy ahvol, Germaniyada qonunchilik va huquqiy munosabatlar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi: Germaniya davlati XI-XII asrlarda nisbatan yagona davlat boʻlib turgan. XII asrdan eʼtiboran bu yerda ham siyosiy tarqoqlik jarayoni boshlandi. Mamlakatning milliy birligi toʻgʻrisida soʻz ham boʻlishi mumkin emas edi.
- Germaniyada qonunchilik: Ushbu bobda Germaniyadagi qonunchilikning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotga taʼsiri, fuqarolar hayoti va mulkini himoya qilishga oid qonunchilikning oʻziga xos xususiyatlari, umumdavlat, oila, meros, len va shahar huquqlarining ijtimoiy hayotdagi oʻrni kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
- Germaniyaning siyosiy tuzumi (XIII-XV asrlar): XIII-XV asrlarda Germaniyaning siyosiy tuzumi Fransiya va Angliyanikidan farqli o'laroq, tarqoqligi va imperator hokimiyatining zaifligi bilan harakterlanadi.
- Reformatsiya va Prussiya absolyutizmi: XIV va XV asrlarda nemis sanoati bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu vaqtda sanoatda hali asosan sex tuzumi ustunlik qilardi. Ushbu bobda Germaniyada reformatsiya jarayoni yoritilgan.