Gidrotexnika inshiotlari
Ushbu kitob gidromelioratsiya tizimlaridagi rostlovchi inshootlarga bag'ishlangan. Unda rostlovchi inshootlarning vazifalari, tasnifi, kanallarda joylashuvi, turlari, konstruksiyalari va ularni tanlash masalalari ko'rib chiqiladi. Kitob talabalarga va gidromelioratsiya sohasidagi mutaxassislarga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Rostlovchi inshootlar: Rostlovchi inshootlarning vazifalari, tasnifi va kanallarda joylashuvi. Rostlovchi inshootlarning vazifalari suv manbayidan bosh kanalga suvni olish, kanalga suvni taqsimlash, suv sathini rostlash, kanalni toʻliq yoki qisman bo'shatish, kanallarda to'plangan loyqalarni gidravlik usul bilan yuvish, iste'molchilarga beriladigan suvni oʻlchash hamda avariya holatlarida suvni tashlab yuborishdan iborat.
- Ochiq rostlovchi inshootlar: Ochiq rostlovchi inshootlar – flyutbet, yon devorlar, kirishdagi va chiqishdagi birlashtiruvchi devorlar, zatvor va uni koʻtarib - tushiruvchi mexanizmlar bilan jihozlangan sun'iy chegaralangan oʻzan shaklini namoyon etadi.
- Quvurli rostlagichlar: Quvurli rostlagichlar gidromeliorativ tizimlarda keng tarqalgan. Ularni koʻproq xoʻjalik va xoʻjalik ichidagi kanallarga suv oluvchi hamda dimlovchi, loyqa yuvuvchi va boshqa turdagi inshootlar sifatida ham qoʻllash mumkin.
- Diafragmali rostlagichlar: Diafragmali rostlagichlar, odatda, yuqori byef bilan pastki byef suv sathlarining ayirmasi katta bo'lgan vaqtlarda qo'llaniladi. Diafragmali rostlagichlardan inshoot oldida cho'kib qolgan loyqalarni yuvib turishda foydalaniladi.
- Rostlovchi inshoot turini tanlash: Rostlovchi inshoot turi variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash loyihalari mavjud bo'lsa bu masala har xil yechimlarni taqqoslash asosida eng ratsional variantni tanlash bilan hal qilinadi.