Инсон ресурсларини бошқариш

Ushbu kitob "Inson resurslarini boshqarish" boʻyicha maʼruzalar matni boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "AKT sohasida iqtisodiyot va menejment" fakulteti "Pochta aloqasi texnologiyasi" kafedrasi tomonidan tayyorlangan materiallar jamlangan. Kitobda inson resurslarini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari, korxonalarni tashkil etish, xizmat martabasi, kadrlarni rivojlantirish strategiyalari, mehnat munosabatlari etikasi kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Korxonalarni tashkil etish: Korxonaning mohiyati, maqsadlari, tashkiliy tuzilishi, tashqi muhit bilan o'zaro aloqalari, resurslarni boshqarish va personalni tashkil etish masalalari.
  • Inson resurslarini boshqarish: Inson resurslarini boshqarishning mohiyati, rivojlanish tarixi, hozirgi zamon korporatsiyalarida inson resurslarini boshqarish, personalni boshqarishda muntazam va funktsional rahbarlik.
  • Korxonalarda personalni boshqarish strategiyasi: "Personal" tushunchasining mazmuni, boshqaruv sub'ektlari va ob'ektlari, korxonalarda personal bilan ishlashni boshqarish.
  • Kompaniyalardagi xizmat martabasi: Kompaniyalardagi xizmat martabasi va xodimlarning xizmat-kasb jihatidan ko'tarilishi, martaba tushunchasi va bosqichlari, xizmat martabasini boshqarish, xizmat-kasb jihatidan ko'tarilish tizimi, kadrlar rezervi bilan ishlash.
  • Kadrlarni innovatsion boshqarish: Kadrlarni boshqarish tizimiga yangiliklar, innovatsion kadrlarning mohiyati, kadrlarga oid yangiliklarni tasniflash, innovatsion kadrlarni shakllantirish.
  • Korxonaning ijtimoiy rivojlanishi: Korxonaning ijtimoiy rivojlanishi-personal boshqaruvining asosi, korxona ijtimoiy muhiti rivojlanishining asosiy omillari.
  • Персонал бошқарувида меҳнат муносабатлари этикаси: Меҳнат муносабатларини ташкил этишда шахслараро муносабатлар ва унинг умумий қонуниятлари ва бошқа жиҳатлари.