Лекции по предмету “Мультимедийно-голосовой дизайн”

Ushbu kitobda raqamli audio texnologiyalari, ovoz dizayni, sintez, siqish formati va studiya komponentlari kabi mavzular yoritilgan. Unda kompyuterlar va dasturiy ta'minotlar bilan musiqani qanday yaratish va tahrirlash, zamonaviy studiya sozlash uchun ovoz effektlari va boshqa texnik usullar tushuntiriladi.

Asosiy mavzular

  • Ovoz dizayni asoslari: Ovoz dizaynining ahamiyati, kino va televidenie ishlab chiqarishdagi roli. ovoz elementlarini yaratish jarayoni.
  • Ovoz texnologiyalari dasturiy ta'minoti: Audio va MIDI, dasturiy ta'minot klassifikatsiyasi, ovoz protsessorlari, yozuv va aralashtirish tizimlari.
  • SoundForge: SoundForge bilan tanishuv, unda ishlash, vazifalari va xususiyatlari
  • Musiqiy kompyuter texnologiyalari haqida tushuncha: MIDI haqida umumiy ma'lumot, Audio va MIDI texnologiyalari o'rtasidagi farq
  • Ovozni siqish formatlari bilan tanishish: Raqamli audio formatlarining xilma-xilligi, audio ma'lumotlarini siqish, codec tuzilishi, MPEG standartlari
  • Ovoz effektlari va ularni o'zgartirish: Ovoz effektlari, kechikishdan foydalanish, amplitudani o'zgartirish, filtratsiya va chastotani o'zgartirish
  • Musiqiy signallarni sintez qilish usullari: Sintezatorlarning ishlash tamoyillari, sintezning turlari: qo'shish, ayirish, spektral va boshqalar.
  • Ovoz yozish studiyasining komponentlari: Studiya asoslari, mikrofonlar, karnaylar, kompressorlar, audio interfeyslar va studiya texnologiyasining klassik sxemasi.